Yaponiyaning Itinomiya şahrida yuk maşinasi haydovçisi 9 yoşli bolani urib ketgan, deb ma'lum qildi Ayti prefekturasi huquq-tartibot muassasalariga iqtibos keltirgan holda TASS axborot agentligi. 

Dastlabki ma'lumotlarga köra, haydovçi maşina haydab ketayotganda Pokemon Go öyinini öynab ketgan. U yölga qaramay, tartibga solinmagan çorrahada öquvçi bolani urib yuborgan. Oqibatda bola olingan jarohatlardan vafot etgan.

Politsiya haydovçini hibsga olgan.