Qrimning Krasnoperekopsk şahar kengaşi sigirlar şahar köçasida ötlaşi va ularni olib yurişni taqiqladi. Bu haqda 28 oktabr kuni «Kryminform» xabar berdi.
Şuningdek, «jonivorlarni jamoat joylaridagi suv havzalarida çömiltiriş ham taqiqlangan».
Uy jonivori endilikda faqat qişloq xöjaligi yerlarida boqilişi kerak böladi.
Uşbu taqiqlovni buzgan fuqaroga nisbatan nafaqat ma'muriy, balki jinoiy iş ham qözğatilişi mumkin. Aynan qaysi moddaga köra, bunga oydinlik kiritilmagan.
Avvalroq şahar kengaşi köçalarda itlar bilan sayr etişni taqiqlagan edi.












