AQŞda hindular jamoasi vakillari öz yurtlari – Şimoliy Dakota ştatida neft quvuri qurilişiga qarşilik sifatida keskin çoralarga bordilar. Bu haqda xorijiy OAV xabar bermoqda.
27 oktabrda bu masala böyiça Xillari Klinton idorasiga taşrif buyurgan hindular AQŞ prezidenti lavozimiga nomzodning bee'tiborligidan aççiqlanişgan. Norozilik sifatida ular Klintonning Nyu-Yorkdagi ofisida özlarining milliy kulbalari – vigvamni barpo etişgan va milliy qöşiqlarni baralla kuylay boşlaşgan.
Hindularning aytişiça, quvur qurilişi u yerdagi qadimiy qabrlarni, muqaddas joylarni vayron qiladi hamda hindularni Missuri daryosiga çiqiş imkoniyatidan mahrum qiladi.
20 ga yaqin yoşlar ofisga tayoqlar va mato bilan kirib, ikki daqiqadan kamroq vaqt içida kulbani örnatişdi va unga "Biz bu yerga himoya qiliş uçun keldik! Suv – bizning hayotimiz!" degan banner ilib qöyişdi.
Politsiya 15 daqiqadan söng namoyişçilardan binoni tark etişlarini söragan.
Klinton şamança çaqiriqlar va idorasida hindular kulbasi paydo bölganini javobsiz qoldirgan. Namoyişçilar Klintonga maktub berişga urinişgan, biroq Klinton vakillari uni qabul qilişdan boş tortişgan.












