Tadqiqotçilar Braziliyada masako hindulari qabilasi yaşaydigan hududlarni aniqlaşga muvaffaq böldi. The Guardian gazetasining yozişiça, ularning mavjudligi oldin qayd etilmagan va faqat olimlarning taxminlariga asoslanilgan.

Naşrning qayd etişiça, Braziliya ğarbida masako xalqi yaşaşiga oid gap-sözlarga qaramay, ular Rondoniya ştatida joylaşganini isbotlovçi bevosita dalillar bölmagan. Naşr, şuningdek, Amazon örmonlarida ov qilayotgan hindularning kadrlarini e’lon qilib, «uşbu tasvirlar ilgari heç qaçon hujjatlaştirilmagan Amazon etnik guruhining mavjudligini tasdiqlaşini» ta’kidlagan.

Suratlar izolyatsiyalangan jamiyat haqiqatda mavjudligini körsatibgina qolmay, ular braziliyalik çorvadorlarning bosimiga qaramay yaxşi yaşayotganidan darak beradi.

Şu bilan birga, mazkur qabila aniqlanganidan keyin hindularning oldingi hayot tarzi xavf ostida qolişi mumkin, çunki olimlar öz tadqiqotlari hududga taşriflarini oşirişi, öz navbatida atrof-muhitga ham zarar yetkazib qöyişlari mumkin.

«Izolyatsiyadagi tub xalqlarning huquqlarini hurmat qiliş — tropik örmonlarni saqlab qolişning muhim asosidir», — deydi tadqiqotçi Paulu Moutinyu.

Eslatib ötamiz, 2018 yilda Braziliya hindular milliy jamğarmasi xodimlari Peru bilan çegarada joylaşgan Vale-du-Javari qöriqxonasida brakonerlarni izlaşayotganda qöriqxonaga taxminan 190 mil kirilgandan keyin noma’lum qabilaga duç kelgan edi. Ularning aytişiça, qabiladagi 16 kişi heç qaçon taşqi dunyo bilan muloqot qilmagan.