Braziliyadagi Amazoniya örmonlarida yaşovçi hindularning marubo qabilasi The New York Times (NYT) gazetasi, TMZ tabloidi va Yahoo portali ustidan Los-Anjyeles sudiga da’vo arizasi kiritdi, deb xabar beradi Courthouse News Service.
Da’vogalar uşbu OAVni marubo qabilasi hayoti haqida tuhmatga asoslangan maqolalar çop etganlikda ayblamoqda. Ular e’lon qilgan materiallarda qabila yoşlari sun’iy yöldoş internetiga ulaniş ortidan «pornografiyaga ruju qöygani» ta’kidlangan. Da’vogarlar suddan javobgarlar zimmasiga 180 million AQŞ dollari miqdorida, şundan 100 millioni jarima sifatida tovon tölaş majburiyatini yuklaşni söramoqda.
Da’vo arizasiga 2024 yilda The New York Times naşrida jurnalist Jyek Nikas tomonidan çop etilgan maqola turtki bölgan. Nikas marubo qabilasi yaşaydigan hududga yetib boriş uçun taxminan 80 kilometr masofani piyoda bosib ötgan. Uning vazifasi Starlink internet tarmoğiga ulaniş uçun 20 ta terminal sovğa qilingandan ikki yil ötib, qabilaning kundalik hayoti qanday özgarganini yoritiş edi.
Maqolada Nikas yozişiça, endi bu qabila ham AQŞ oilalarini yillar davomida qiynagan muammolarga duç kelmoqda: ösmirlar telefonni qöldan qöymaydi, kattalar guruhli çatlarda ğiybat qiladi, ijtimoiy tarmoqlarga qaram bölib qolişgan, begona odamlar bilan onlayn muloqot qilişadi, zöravonlikka asoslangan videoöyinlar öynaşadi, voyaga yetmaganlar esa pornografik materiallarni tomoşa qilişmoqda. Uşbu maqola keng tarqalib, TMZ va Yahoo kabi OAV tomonidan qayta çop etilgan.
Marubo qabilasi va Braziliyadagi faollar noroziligi ortidan NYT maqolaga raddiya e’lon qilişga majbur bölgandi. Raddiya «Yöq, Amazoniya qabilasi pornografiyaga qaram bölib qolmadi» sarlavhasi ostida çop etilgan. Şunga qaramay, NYT özining dastlabki maqolasi haqoratli bölmaganini ta’kidlagan va sudda öz pozitsiyasini himoya qiliş niyatida.












