"Rembo" filmining yangi qismi uning boş yulduzi – aktyor Silvestr Stallonesiz suratga olinişi ma'lum qilindi. Bu haqda Nu Image/Millennium Films kinostudiyasiga iqtibos keltirgan holda Empire xabar bermoqda.
Film prodyuserlari Jon Rembo josus 007 – Jyeyms Bond kabi jangari filmlarning "abadiy" qahramoniga aylanişiga umid qilmoqdalar. Yangi filmning rejissyori Ariel Vromen bölişi kutilmoqda.
Rembo yozuvçi Devid Morrell tomonidan öylab topilgan. Remboning sarguzaştlari haqida 4 ta film: "Rembo: Birinçi qon" (1982), "Rembo: Birinçi qon – 2" (1985), "Rembo-3" (1988) va "Rembo IV" (2007) suratga olingan.
Morrell Stallone ijrosidagi Rembo muvaffaqiyatli çiqqani, biroq bu rolni boşqa aktyorlar ham öynay olgan bölişlarini aytdi. "Bu xuddi Jyeyms Bond kabi. Uning turli talqinlari bor, biroq ular hammasi juda muvaffaqiyatli çiqqan", deb ta'kidlab ötdi yozuvçi.












