Zamonamizning eng iste'dodli rejissyorlaridan biri bugun, 31 oktabrda öz yubileyini nişonlamoqda. TASS naşri Piter Jyeksonning kino olamidagi faoliyatiga nazar taşladi.
Piter Jyeksonga "ser" deya murojaat qilinişi uning Britaniya imperiyasi ordeni kaveleri ekanligidan dalolat bermaydi. U öz vatani ordenlari bilan taqdirlangan: Yangi Zelandiya ordeni — uşbu mamlakatning eng oliy ordeni va Buyuk xizmatlari uçun ordeni — bu mukofot unga "ser" deya murojaat qilinişga sabab bölgan.

Piter Jyekson bugungi kundagi eng maşhur Yangi zelandiyalik bölsa kerak, zero bu orol-davlat bilan aynan uning nomi boğlanadi. Jyekson "Uzuklar hukmdori" va "Xobbit" filmlari voqealarini Yangi Zelandiyada suratga olib, yer çekkasidagi bu orol-mamlakatni köpçilikka tanitdi.
Jyekson Yangi Zelandiya poytaxti Vellington yaqinidagi Pukerua-Bey şahrida tuğilgan. Öşa yerning özida u ilk filmi — Bad Taste ("Yomon did")ni 3 ming dollarga suratga olgan. Jyeksonning özi ham uşbu filmda ikkita rolda namoyon bölgan. Film iliq qarşi olingan va uni 12 mamlakat prokatiga sotişga muvaffaq bölingan.

Jyekson özining deyarli barça filmlarida rol öynagan, "Uzuklar hukmdori" va "Xobbit"ning beş qismi şular jumlasidandir, u odatda kiçik sözsiz rollarni ijro etadi.
U Birinçi jahon uruşi vaqtidan qolgan samolyotlarning töliq işçi nusxalarini yiğiş va qayta tiklaşga qiziqadi.

Jyekson ilk filmi ustida işlaş çoğida Fren Uolşni uçratib qoladi va unga uylanadi. Juftlik ikki farzandli böladi. Fren erining barça filmlarida u bilan yelkama-yelka turib mehnat qiladi: eng avvalo ssenariynavis va prodyuser yoki saundtrek muallifi sifatida. Darvoqe, Fren ham turmuş örtoği kabi uç karra "Oskar" sohibasi.
Piter Jyeksonning "Qirolning qaytişi" filmi 11ta "Oskar" mukofotiga munosib körilgan. Film nomzodi qöyilgan barça nominatsiyalarda ğolib bölgan. "Uzuklar hukmdori"ning ikki qismi yana 6ta "Oskar"lik bölgan.

2005 yilda uning "King-Kong" filmi katta ekranlarga çiqib, uçta texnik "Oskar"ni qölga kiritdi va Jyeksonning dunyo miqyosidagi blokbasterlar yaratuvçi boş rejissyor maqomini yana bir bor tasdiqladi.
Piter Jyekson Premiere jurnali tomonidan kino sanoatining eng nufuzli şaxslari reytingida yetakçilik qiladi.
Bugungi kunda IMDB.com sayti xabariga köra, rejissyor ikki multfilmni suratga olmoqda: "Tintinning sarguzaştlari" va hozirça nom berilmagan yana bir multfilm. Bu lentalarning qaçon ekranlarga çiqişi noma'lum.













