Ispaniya şarqidagi Mislat şahar ma'muriyati köçalarda daydib yurgan itlarning xöjayinlarini aniqlaş va ularga jarima soliş maqsadida itlarning DNK bazasini işga tuşirdi.

Valensiya provinsiyasidagi şahar amaldorlarining aytişiça, politsiya köçada daydib yurgan itlarning ekskrementi namunasini maxsus laboratoriyaga jönatadi va şunda it kimga taalluqli ekanligi oydinlaşadi.

It egalari 31 dekabrga qadar jonivorlaridan qon analizi oldiriş uçun veterinarga murojaat qilişlari kerak böladi. Ma'lumotlar bazaga kiritilgaç, it egasiga nom yozilgan maxsus yorliqça beriladi.

Kim itini röyxatdan ötkazmasa, unga 300 yevro miqdorida jarima solinadi.

Itlarning beparvo egalariga nisbatan esa 200 yevro jarima jazosi belgilangan.

Mahalliy amaldorlarning aytişiça, jamoatçilik mazkur yangilikni yaxşi kutib olgan va qöllab-quvvatlamoqda.