Sarvar Otamuratovning saylovoldi dasturi e'lon qilindi
|17:34 / 02.11.201616 37827 min
Özbekiston siyosiy partiyalari seşanba kuni öz saytlarida nomzodlarining saylovoldi dasturlarini e'lon qildi.
Özbekiston «Milliy tiklaniş» Demokratik partiyasidan nomzod Sarvar Sadullayeviç Otamuratovning saylovoldi dasturi «Milliy manfaatlar — har narsadan ustun!» deya nomlangan.
Özbekiston bugungi kunda mustahkam siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy tizimga ega zamonaviy davlat sifatida dadil rivojlaniş yölidan bormoqda. Istiqlol yillarida mamlakatimizda barça sohalarda keng miqyosda islohotlar amalga oşirildi. Xalqimiz qalbi, ongu tafakkurida fuqarolik hissi va mas'uliyati hamda yurt taqdiriga daxldorlik tuyğusi kuçayib bormoqda. Fuqarolik jamiyati institutlari ta'siri oşib, siyosiy partiyalar, nodavlat notijorat taşkilotlar, ommaviy axborot vositalari jamiyat va davlat qurilişi jarayonida faol iştirok etişlari uçun qulay taşkiliy, huquqiy va boşqa zarur şaroitlar yaratildi.
Xalqaro miqyosda e'tirof etilib, bugungi taraqqiyotimizning hayotiy dasturiga aylangan beş tamoyil asosida islohotlar bardavomligini ta'minlaş, boşlangan uluğvor işlarga jöşqin sur'at baxş etiş uçun mustaqillik yillarida ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotimizga erişişda töplangan tajribalar, ulkan tarixiy, madaniy, boy ma'naviy-axloqiy qadriyatlar va an'analar asosida jamiyatda yuksak huquqiy va siyosiy madaniyatni mustahkamlaş hamda ma'naviy yuksalişga erişiş zarur deb hisoblaymiz.
Bizning maqsadimiz — milliy tiklanişdan milliy yuksalişga erişiş ğoyasini amalga oşiriş, içki siyosatda iqtisodiyotimizning barqaror rivojlanişiga, xalqimizning farovonligi oşişiga erişiş, mamlakatimizdagi tinçlik va osoyiştalikni mustahkamlaş, taşqi siyosatda milliy manfaatlarni himoyalaş va maqsadli ilgari suriş, Özbekiston xalqining milliy-madaniy va ma'naviy-axloqiy qadriyatlari, urf-odatlarini saqlaş va boyitişdir.
Ana şunday ezgu maqsadlarga erişiş uçun quyidagi vazifalarni hal etiş zarur:
I. MA'NAVIY-MA'RIFIY SOHADA erişilgan yutuqlarni mustahkamlaş va bu borada amalga oşirilayotgan islohotlarni yanada çuqurlaştirişni eng muhim vazifa deb hisoblaymiz. Çunki özligini anglagan, qadriyat va an'analarini e'zozlagan, tarixiy xotirasini asragan xalq iqtisodiy, ijtimoiy va gumanitar taraqqiyotga yuz tutadi.
Biz doimo milliy özlikni anglaş, milliy ğurur va qadr-qimmat tuyğusini mustahkamlaş masalalariga ustuvor ahamiyat berganmiz va bundan buyon ham uşbu hayotiy masalalar diqqat markazimizda böladi.
Mavzuga oid
Milliy tiklaniş, avvalambor, milliy özlikni anglaş demakdir. Uşbu ğoyadan kelib çiqib, biz quyidagilarni qöllab-quvvatlaymiz:
— xalqimizning betakror va uluğvor tarixiy, madaniy va intellektual merosi, madaniyati va an'analarini asrab-avaylaş va boyitiş, uning yutuqlarini navqiron va barkamol avlod orasida keng tarğib qiliş. Milliy manfaatlar va milliy qadriyatlarimiz himoyasi — boş vazifamiz;
— «Öz tarixini bilmaydigan, keçagi kunini unutgan millatning kelajagi yöq» tamoyili asosida xalqimiz tarixini xolis va tizimli örganiş, bu borada özbek xalqining tarixiy ötmişi va bugungi kunini baholaşda bir yoqlama yondaşuvlarga, noxolislikka yöl qöymaslik, Özbekiston tarixining buzib, soxtalaştirib talqin etilişiga qarşi kuraşiş;
— madaniy meros ob'ektlarini töliq xatlovdan ötkazib, hisobga oliş işlarini takomillaştiriş, muzeylar, arxivlar, kutubxonalarda va boşqa joylarda saqlanayotgan, madaniy meros ob'ekti belgilariga ega bölgan eksponatlar, kolleksiyalar va arxiv hujjatlarini töliq toifalaştiriş, bu boradagi qonunçilikni yanada takomillaştiriş;
— özbek xalqining tarixiy-madaniy merosi va madaniy yodgorliklari umumjahon ahamiyatiga molik ekanligini e'tirof etib, şaharlarimizning milliy qiyofasini saqlab qolişda samarali çora-tadbirlarni amalga oşiriş, arxitektura yodgorliklarini asrab-avaylaş, qayta ta'mirlaşga kömaklaşiş va bugungi kungaça ularning YuNeSKOning Jahon madaniy merosi röyxatiga kirmaganlarini unga kiritişga qaratilgan Davlat dasturini qabul qiliş va amalga oşiriş;
— turistik faoliyat bilan şuğullanadigan tadbirkorlik sub'ektlari tomonidan tölanadigan soliq va majburiy tölovlar hisobidan moddiy madaniyat merosini qayta tiklaş va kapital ta'mirlaş jamğarmasini taşkil etiş;
— mutasaddi taşkilotlar bilan hamkorlikda xorijiy mamlakatlar kutubxona, arxiv va muzeylarida saqlanayotgan özbek allomalari, mutafakkirlari va yozuvçi-şoirlari tomonidan yaratilgan ilmiy va badiiy asarlar hamda xalqimiz tarixiga oid moddiy boyliklarni Özbekistonga qaytarişda faollik körsatiş;
— özbek xalqining yuksak madaniyati va iste'dodini namoyiş etadigan va estetik qimmatga ega bölgan milliy hunarmandçilik turlarini qayta tiklaş va rivojlantiriş, milliy badiiy maktablarning an'analarini saqlab qolişni rağbatlantiriş;
— «Barkamol avlod — millat tayançi» tamoyili ostida biz yoşlar ongini xalqimizga yot bölgan «ommaviy madaniyat»ning salbiy ta'siridan muhofaza qiliş maqsadida ularning qalbi va ongiga milliy tiklaniş ğoyasini singdiriş, kelajagimiz egalarini milliy ma'naviyat va qadriyatlar ruhida tarbiyalaş. Bunda kino, teatr va estrada san'atida xalqimizning boy va betakror tarixi, madaniyati, an'analari va ilğor urf-odatlarini ta'sirçan badiiy obrazlar orqali ifoda etadigan asarlarning dunyoga kelişiga kömaklaşiş hamda ularni tarğib qiliş asosiy vazifamizdir;
— qadimiy va boy tarixga ega, mustaqillik tufayli qadr-qimmati tiklangan, hozirda keçayotgan globallaşuv davrida zamonaviy taraqqiyotning barça sohalari talablariga javob beradigan darajada imkoniyatga ega bölgan tilimiz rivojini yangi bosqiçga kötariş uçun davlat tilini boyitiş, yanada takomillaştirişga, davlat tili sifatidagi maqomini mustahkamlaş va uning töla amal qilişiga erişiş, til madaniyatini yanada yuksaltirişga yönaltirilgan çora-tadbirlar majmuasini işlab çiqiş;
— fundamental fanlar, zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalari, sanoat, bank-moliya tizimi, yurisprudensiya, diplomatiya, harbiy iş va şu kabi öta muhim tarmoqlarda özbek tili özining haqiqiy örnini egallaşiga erişiş, şu maqsadda zamonaviy darsliklar, etimologik va qiyosiy luğatlar yaratiş, zarur atama va iboralar, tuşunça va kategoriyalarni işlab çiqiş.
Uşbu sohada maxsus komissiya tuzişni rejalaştirmoqdamiz;
— ommaviy muomalada, köçalarda joylaştirilgan taşqi yozuvlarda, reklama va e'lonlarda, ommaviy axborot vositalarida özbek adabiy tili me'yor va qoidalari buzilişining oldini olişga qaratilgan çora-tabdirlarni işlab çiqiş va amalga oşiriş;
— hozirda ösib kelayotgan yoş avlodning ma'rifiy va ma'naviy ehtiyojlarini zarur darajada qondiriş uçun fanning barça sohalari, ta'lim, adabiyot va matbuotda lotin yozuviga asoslangan özbek tilida kitoblar, gazeta va jurnallar yetarli darajada naşr qilişni tubdan kuçaytiriş;
— xalqimizning ma'naviy rivoji va jamiyatdagi barqarorlikni mustahkamlaşga xizmat qiladigan muruvvat, mehmondöstlik, mehr-oqibat, özaro hurmat-ehtirom, bağrikenglik, yaxşilik va saxovatpeşalik kabi milliy xususiyatlarimiz tarğibotiga asoslangan loyihalarni işlab çiqiş va amalga oşiriş;
— Özbekiston xalqining madaniyati va san'ati yutuqlarini xalqaro maydonda keng miqyosda tarğib etiş, hozirgi Özbekiston zaminida yaşab ijod etgan va jahon tamadduni taraqqiyotiga salmoqli hissa qöşgan ilm-fan, madaniyat, adabiyot va san'at namoyandalari, buyuk davlat arboblari, harbiy sarkardalar hayoti va faoliyatiga bağişlangan kino asarlar yaratilişida taşabbus körsatiş, bu boradagi işlarni moliyalaştiriş manbalarini aniqlaş, şu jumladan, xorijiy kinostudiyalar bilan hamkorlikda, taniqli rejissyor va aktyorlar iştirokida ularni butun dunyo jamoatçiligiga yetkaziş;
— xalqimiz, birinçi navbatda, yoşlarning ma'naviy jihatdan yuksalişiga kömaklaşadigan ma'naviy-ma'rifiy markazlarni taşkil etiş va ularning faoliyatinirivojlantiriş, Alişer Navoiy nomidagi Milliy kutubxonaning boy axborot-kutubxonaçilik fondini köpaytirib boriş;
— tarixda xorijiy mamlakatlarda yaşab ijod etgan hamda yurtimizda tuğilib, taqdir taqozosi bilan çet ellarda vafot etgan buyuk alloma va mutafakkirlarning qabrlarini aniqlaş, ularning mangu qönim topgan maskanlarini obodonlaştiriş;
— ijtimoiy-gumanitar fanlarning mamlakatimiz taraqqiyoti va yoş avlodimizning dunyoqaraşini şakllantirişdagi öta muhim imkoniyatlaridan foydalanib, ularni vatanparvarlik, millatparvarlik va umuminsoniylik ruhida tarbiyalaş hamda milliy manfaatlarimizga zid bölgan ğoya va mafkuralarga nisbatan mafkuraviy immunitetni şakllantirişdagi ahamiyatidan kelib çiqqan holda bu yönalişda tayyorlanadigan fundamental asarlarni bosmadan çiqarişni va ularning ommaviylaşuvini qöllab-quvvatlaş;
— jamiyat, oila va ta'lim tizimida yoş avlodni kitobga muhabbat va hurmat-ehtirom ruhida tarbiyalaş, Özbekiston xalqining tarixi, ma'naviy-madaniy merosiga doir adabiyotlarni naşr etiş bilan şuğullanayotgan mualliflar, bosmaxonalar, naşriyotlarni iqtisodiy jihatdan rağbatlantiriş, ularga soliq va boşqa tölovlar böyiça imtiyozlar beriş;
— bolalarning ruhiy-ma'naviy dunyosini va madaniy saviyasini östirib boriş, ularning milliy va jahon musiqa madaniyatining eng yaxşi asarlari bilan oşno bölişi uçun qulay şart-şaroitlar yaratiş;
— nafaqat milliy, balki jahon musiqa san'atining köpdan-köp yönalişlarini ham çuqur örganiş va yutuqlarini özlaştiriş, san'atkor, ayniqsa, yoş xonanda va sozandalarimizning xalqaro nufuzli tanlovlar va festivallarda iştirok etib, sovrinli örinlarni qölga kiritişiga erişiş.
— Biz ma'naviy-ma'rifiy hayotimizni yanada rivojlantiriş tarafdorimiz.
Bunda teatrning ma'naviy hayotimizdagi örni va ahamiyatini inobatga olgan holda teatrga odamlarni qaytariş uçun, eng avvalo, zamondoşlarimizni öylantirayotgan va tölqinlantirayotgan mavzularda badiiy jihatdan yuksak mahorat bilan sahnalaştirilgan spektakllarni köpaytiriş, odamlarda, ayniqsa, yoşlarda teatr tomoşasi madaniyatini östiriş va eng muhimi, mamlakatimizning barça teatrlarida «Oçiq eşiklar kuni»ni taşkil etiş;
— keksalarga hurmat, özaro hamjihatlik, bolalarga ğamxörlik kabi xalqimizga xos oilaviy an'analarimizdan kelib çiqib, mamlakatda oilalarni mustahkamlaş va oilaviy qadriyatlarni ardoqlaş, yoş oilalarga ğamxörlikni oşiriş, ularning huquqiy va ijtimoiy muhofazasini kuçaytiriş, soğlom va mustahkam oilalar sonini yanada köpaytiriş uçun zarur şart-şaroitlarni yaratiş böyiça olib borilayotgan keng kölamli işlarga kömaklaşiş;
— oilalar hayotida hamon saqlanib qolayotgan noxuş holatlar (töy marosimlarini öta dabdabali qilib ötkaziş va isrofgarçilikka asoslangan boşqa tadbirlar)ga barham berişga qaratilgan işlarda faol iştirok etiş.
II. Mamlakat va xalqimizning tarixan hamda istiqlol yillaridagi davlatçilik, fuqarolik jamiyati, an'analari va zamonaviy demokratik qadriyatlarni özida mujassam etgan, fuqarolarning huquq va manfaatlarini ifoda etadigan SIYoSIY VA SUD-HUQUQ SOHASIDA zimmamizga quyidagi vazifalarni olmoqdamiz:
— mavjud davlat va siyosiy tizimni yanada mustahkamlaş, milliy ğoya, jamiyatimizning axloqiy va ma'naviy asoslari ustuvorligini ta'minlaş. Bizning boş maqsadimiz — zamonaviy rivojlangan demokratik davlat quriş;
— jamiyatda hukm surayotgan va xalqimizga xos bağrikenglik, millati, dini, ijtimoiy holati va kelib çiqişidan qat'i nazar, Özbekiston xalqi, barça fuqarolarning birdamligi va hamjihatligini mustahkamlaş;
— asrlar davomida özbek xalqining eng ezgu va ilğor an'analari asosida tarixan qaror topgan mahallani milliy demokratik institut sifatida yanada takomillaştiriş, uning taşkiliy va iqtisodiy asoslarini mustahkamlaş, fuqarolarning mahalliy ahamiyatga ega bölgan masalalarini hal etişda hamda milliy va ma'naviy qadriyatlar, mahalliy urf-odat va an'analarni qayta tiklaş va boyitişdagi bevosita iştirokini ta'minlaşda mahallaning rolini kuçaytiriş;
— jamiyatda mustahkam barqarorlik va qonun ustuvorligini ta'minlaşda aholining huquqiy ong va huquqiy madaniyatini yuksaltiriş hal qiluvçi ahamiyatga ega. Şu bois mamlakatda huquqiy ta'lim tizimini yanada takomillaştiriş, Konstitutsiya, inson huquqlari va demokratiya asoslarini uzluksiz örganiş tizimini rivojlantirişga qaratilgan tizimli va izçil çoralarni köriş;
— milliy qadriyat va xalqimizga xos fazilat hamda an'analardan kelib çiqib oila, meros, uy-joy da'vosi va maişiy turmuş manbaida tuğiladigan nizolarni sudgaça hal etiş tizimini rivojlantiriş, şu jumladan, har qanday nizoni tinç yöl bilan hal etişga intiliş va murosa yölini izlaş, şuningdek, fuqarolarning sertaşviş sud majlislariga xohiş-istagi yöqligini inobatga olib, bu borada mahalla, vasiylik va homiylik organlari, nodavlat notijorat taşkilotlarining rolini kuçaytiriş.
III. IQTISODIYoT SOHASIDA partiyamiz şiori — «Xalqning ma'naviy-ruhiy tiklanişi — iqtisodiy islohotlarning negizidir». Uşbu sohada quyidagi vazifalarni amalga oşiramiz:
— iqtisodiyotga XXI asr talablari va tafakkuri asosida yondaşuvni amalga oşirib, işlab çiqarişni texnik va texnologik modernizatsiya qiliş, işlab çiqarişga yönaltirilmagan xarajatlarni qisqartiriş, yangi, zamonaviy texnologiyalarni joriy etiş, şuningdek, mamlakatimizning turli mintaqalarida faoliyat yuritib, istiqbolli işlab çiqariş bilan şuğullanayotgan korxonalarga soliq va majburiy tölovlarda imtiyozlar beriş yöli bilan mahalliy sanoat samaradorligini yanada oşiriş;
— dunyo bozorida raqobatbardoş hamda milliy iqtisodiyotimiz timsoliga aylanadigan transmilliy kompaniyalarni şakllantiriş, «Özbekistonda işlab çiqarilgan» tamğasi ostida jahon bozoriga mahsulot yetkazib berişga yönaltirilgan tizimli çora-tadbirlarni qabul qiliş va xorijiy mahsulotlar örnini bosadigan mahsulotlarni işlab çiqarayotgan mahalliy işlab çiqaruvçilarni samarali qöllab-quvvatlaş, jumladan, ular uçun soliq miqdorini kamaytiriş, bojxona imtiyoz va preferensiyalari, imtiyozli subsidiyalar va boşqa şakllardagi davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş çoralarini joriy etiş;
— mamlakatimiz poytaxti va hududlarni, şahar va qişloqlarni özaro uyğun rivojlantirişga, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanişda hududlar böyiça ayrim nomutanosibliklarga barham beriş;
— Özbekiston murakkab geografik örni tufayli dengizga çiqiş imkoniyatiga ega emasligi va logistika infratuzilmasining sust rivojlanganligidan kelib çiqib, mamlakatimiz eksport salohiyatini oşiriş va taşqi bozorda mahsulotlarimizning tannarxini tuşiriş imkonini beruvçi transport-ekspeditorlik kompaniyalarga soliq imtiyozlari va preferensiyalarni beriş, yirik yuk taşuvçi avtomobillarni lizingga beriş tizimini rivojlantiriş va takomillaştirişga qaratilgan Dasturni qabul qiliş va amalga oşiriş;
— milliy bozorni sifati past, xalqaro andozalarga mos kelmaydigan mahsulotlar (işlar, xizmatlar)dan muhofaza etiş, qulay va jozibador sarmoya muhitini şakllantirişning huquqiy asoslarini kuçaytiriş;
— xalqimizni va, ayniqsa, yoşlarning bevosita yurtimizda işlab çiqarilayotgan zamonaviy va sifatli kiyim-keçakka bölgan ehtiyojini qondiriş, yengil va ixçam töqimaçilik korxonalarining sonini köpaytiriş, ularga mahalliy xom aşyoni çuqur qayta işlaydigan zamonaviy texnologiyalarni joriy qilişni qöllab-quvvatlaş;
— davlat kompaniyalari va davlat uluşi ustunlik qiladigan korxonalarning moliya-xöjalik faoliyati şaffofligini ta'minlaş orqali ularning faoliyat samaradorligini oşiriş;
— içki xususiy investitsiyalarni milliy iqtisodiyotga yönaltirişni yanada kengaytirişni har tomonlama qöllab-quvvatlaş;
— milliy iqtisodiyot rivoji yetuk mutaxassis-kadrlarga boğliq ekanligini anglagan holda zamonaviy bilim va malakaga ega injyener-texnik, moliya-iqtisod, korporativ boşqaruv menejmentlari, axborot texnologiyalari sohasida dasturçilarni tayyorlaşni tubdan kuçaytiriş va mazkur sohalardagi iste'dodli yoşlarni qöllab-quvvatlaş.
Ma'lumki, Özbekiston köp asrlik tarixga va nodir madaniy-tarixiy merosga ega. Bularning hammasi mamlakatimizda ulkan salohiyati hozirça töliq işga solinmagan turizm industriyasini rivojlantiriş va yurtimizni jahon turizm markazlaridan biriga aylantiriş imkonini beradi.Turizm iqtisodiyotning yanada rivojlaniş jarayonini tezlaştiruvçi omil sifatida iqtisodiy va ijtimoiy muammolar yeçimida muhim örin tutadi, qöşimça iş örinlari yaratilişiga, iqtisodiy faol aholining bandligini oşirişga, millat farovonligini yuksaltirişga xizmat qiladi, iqtisodiy faoliyatning özaro boğliq bölgan qator tarmoqlari, infratuzilmaning rivojlanişiga turtki bölib, yanada ommaviylaşadi. Turizm, ayni, paytda ma'rifat va fuqarolik jamiyatining ma'naviy asoslarini şakllantirişda kuçli vosita bölib ham xizmat qiladi.
Şundan kelib çiqqan holda, biz quyidagi masalalarni öz içiga qamrab oladigan Kompleks çora-tadbirlar rejasini amalga oşirişni taklif etamiz:
— sayyohlik infratuzilmasining yanada rivojlanişini, sayyohlar uçun möljallangan ob'ektlarning har tomonlama maqbul bölişini, transport va mehmonxona xizmatlari hamda sayyohlik logistikasini takomillaştirişni, sayyohlik industriyasi bilan boğliq xizmatlarning turli sohalariga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etişni ta'minlaş;
— xorijiy mehmonlar va mamlakatimiz aholisi uçun yurtimizning xalqaro nufuzini, maftunkorligini oşirişda asosiy omil bölgan turistik faoliyat manzillarida, xalqaro aeroportlarda, vokzallarda körsatilayotgan servis va xizmatlar sifatini yaxşilaş;
— alohida qöriqlanadigan noyob tabiiy hududlarni kelib köriş tartibini közda tutadigan turizmning faol turlarini, xususan, ekoturizmni rivojlantiriş uçun zarur bölgan barça şart-şaroitlarni yaratiş.
IV. Aholi turmuş sifati, darajasi va farovonligini oşiriş — IJTIMOIY SOHADAGI strategik maqsadimiz.
Şundan kelib çiqib, asosiy vazifalarimiz quyidagilardan iborat deb hisoblaymiz:
— bugun butun dunyoda dolzarb ahamiyat kasb etayotgan oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlaşga qaratilgan Davlat dasturini qabul qiliş va unda aholining ovqatlaniş xilma-xilligini kengaytiriş, mamlakatimizda sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari işlab çiqarişni köpaytiriş va bunda genlarni modifikatsiya qiliş usulidan foydalanişni çeklaş, şu bilan birga, aholining ovqatlaniş madaniyatini yuksaltiriş;
— erta turmuş va erta tuğuruqlarning oldini oliş borasida aniq va ta'sirçan çoralar köriş, bu boradagi tarğibot-taşviqot işlari, jamoatçilik nazoratini kuçaytiriş, aholida erta nikohga nisbatan murosasizlik tuyğusini şakllantiriş;
— jamiyatda ayollarning yetakçilik qobiliyatlarini rivojlantirişga kömaklaşuvçi siyosiy yetakçilar maktabi tarmoğini yaratiş, davlat boşqaruvi işida xotin-qizlarning iştirokini kuçaytiriş;
— millat genofondini asraş va soğlom avlodni voyaga yetkaziş maqsadida ösmir yigit-qizlarimizga soğliği uçun zararli bölgan quvvat beruvçi içimliklarni sotişni çeklaş va bu borada ma'rifiy tuşuntiriş işlarini tizimli yölga qöyiş. «Xalqi soğlom va barkamol rivojlangan mamlakat kuçlidir!» tamoyiliga amal qilişni izçillik bilan rivojlantiriş;
— quriliş va bezak işlarida milliy me'morlik an'analarini va ilğor xorijiy tajribani qöllaş, tarixiy şaharlar va oçiq osmon ostidagi muzeylarni qayta ta'mirlaşga qaratilgan yirik loyihalarni amalga oşirişga kömaklaşiş;
— yölovçilarga, jumladan, mamlakatimizning olis va yetib boriş qiyin bölgan joylari aholisiga transport xizmati tizimini yaxşilaş, kasb-hunar kollejlari va akademik litsey öquvçilari uçun imtiyozli transport qatnovini ta'minlaş;
— aholining elektorat qismi bandligi, birinçi navbatda, xotin-qizlar va yoşlar örtasida hunarmandçilik, oilaviy tadbirkorlik, kasanaçilikni rivojlantiriş evaziga ularni iş bilan ta'minlaşni kengaytirişga qaratilgan taşkiliy-huquqiy şart-şaroitlarni yaratiş;
— oila va oilaviy qadriyatlarni mustahkamlaş, yoş oilalarga ğamxörlikni oşiriş böyiça keng kölamli işlarni izçil davom ettiriş maqsadida qonunçiligimizni yanada takomillaştiriş;
— şaharlarimizning arxitektura qiyofasini yanada yaxşilaş, respublikamizning barça burçaklarida, ayniqsa, köp qavatli uylarda, uy-joy fondini texnik ekspluatatsiya qiliş norma va qoidalari buzilişining oldini oliş maqsadida uy-joy sohasidagi qonunçilikning bajarilişi ustidan samarali davlat nazoratini örnatiş;
— madaniyat muassasalari, «Barkamol avlod» bolalar markazlari, musiqa va san'at maktablari, şu jumladan, olis va boriş qiyin bölgan qişloq joylarni rivojlantiriş uçun byudjyetdan mablağ ajratişni köpaytiriş;
— ta'lim jarayoniga zamonaviy istiqbolli ilm-fan yutuqlarini joriy etiş, mamlakatimizda ilm-fanni yanada rivojlantiriş, ilmiy faoliyatga iste'dodli, qobiliyatli yoşlarni jalb etiş orqali yuqori bilim-malakali jamiyatni şakllantirişga kömaklaşiş;
— mahallaning fuqarolar, öğil-qizlar va yoşlarni ma'naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalaş, yangi iş örinlarini yaratiş, ijtimoiy sohadagi işlarning samaradorligini oşiriş, joylarda jamoat xavfsizligi va huquq-tartibotni yaxşilaş bilan boğliq masalalarni hal etişdagi sa'y-harakatlarini yanada faollaştiriş;
— bolalar, ayollar, şuningdek, oğir kasalliklar, şu jumladan, odam immuniteti tanqisligi virusini keltirib çiqaradigan xastaliklar (OIV/OITS) dan aziyat çekuvçi şaxslarga samarali yordam körsatişni izçil davom ettiriş, ular huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilişi ustidan parlament va jamoatçilik nazoratini kuçaytiriş.
V. XXI asr — axborot asri sifatida maydonga çiqqanligini hisobga olib AXBOROT SOHASIDA milliy manfaatlarimiz hamda xalqimiz madaniyati va ma'naviyatining öziga xosligini saqlaşni ta'minlaşga qaratilgan milliy axborot-kommunikatsiya sohasini rivojlantirişning uzoq muddatli strategiyasini amalga oşirişga har tomonlama kömaklaşiş öta muhim vazifa sifatida maydonga çiqmoqda. Mazkur vazifani amalga oşiriş uçun quyidagi masalalar dolzarb ahamiyatga ega:
— milliy axborot tizimlari va milliy axborot resurslarini rivojlantiriş, milliy axborot xavfsizligini ta'minlaş vazifalarini hal etiş. Rivojlangan milliy axborot makoni — mustahkam taraqqiyot poydevori ekanligini hisobga olib, uning izçillik bilan takomillaşuviga erişiş;
— aholi, ayniqsa, qişloq joylardagi fuqarolarning yuqori darajada axborotga ega bölişini ta'minlaş;
— idoralararo va idora majmualarining axborot tizimlarini birlaştiruvçi milliy axborot tizimlari va milliy axborot resurslarini, ayniqsa, Internet tarmoğining milliy segmentlarini rivojlantiriş;
— yoşlarning kamolotiga xizmat qiladigan kreativ axborot muhitini, samarali axborot-ta'lim makonini yaratiş, bolalarni ularning jismoniy va ma'naviy-axloqiy rivojlanişiga zarar yetkazadigan axborotlardan muhofaza qiliş;
— ijtimoiy ongda milliy ğoya şakllanişi va rivojlanişi jarayonlarini axborot jihatdan ta'minlaşni yanada kuçaytiriş, har bir fuqaroning ongiga, ma'naviy dunyosiga mamlakatimizda ozod va obod hayot barpo etiş — boş maqsadimiz ekanini keng miqyosda va çuqur singdirib boriş;
— davlat hokimiyati va boşqaruvi organlari faoliyati böyiça «oşkoralik indeksi» monitoringi tizimini vujudga keltiriş, uşbu jarayonga fuqarolik jamiyati institutlarini keng miqyosda jalb etiş.
VI. «DUNYoDA HeÇ BIR NARSA MAMLAKATNI, MILLATNI SPORTÇALIK DUNYoGA TeZ TANITMAYDI, MAŞHUR QILA OLMAYDI» tamoyili asosida sportning barça turlari, ayniqsa, olimpiada öyinlari dasturidan örin olgan hamda milliy turlarini har tomonlama qöllab-quvatlaş yetakçi vazifamizdir:
— bunda, eng avvalo, jahon miqyosida özbek sportçilari erişayotgan olamşumul yutuqlar xalq va millat ğururi ösişiga xizmat qilişi, yoşlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş hamda odamlarni yagona maqsad sari birlaştiruvçi xususiyatini tizimli ravişda keng tarğib qiliş hamda Vatanimiz iftixorlari bölgan sportçilar hayot yöli haqida tarbiyaviy ahamiyatga ega hujjatli va badiiy filmlar, ilmiy-ommabop asarlar yaratişni yanada kuçaytiriş;
— «Farzandlari soğlom va barkamol yurt — qudratli bölur» şiori ostida mamlakatimizda keng quloç yoygan va umummilliy vazifaga aylangan bolalar sportini rivojlantiriş işiga har tomonlama kömaklaşiş, bolalar va yoşlarning keng kölamda sport bilan muntazam şuğullanişi uçun qulay şart-şaroitlar yaratiş;
— yoşlarni uç bosqiçli tizimdagi ommaviy sportga — «Umid nihollari», «Barkamol avlod» va Universiada musobaqalariga jalb etişni yanada rivojlantirişga, şuningdek, maktab öquvçilarining xalqaro musobaqalarda iştirok etişiga kömaklaşiş;
— milliy qadriyatlarimiz, matonat, jasorat, vatanparvarlik va insonparvarlik asoslarini özida yorqin mujassam etgan va bugun dunyoning 130 ga yaqin mamlakatida kuraş federatsiyalari taşkil etilganligini hisobga olib, özbek kuraşini Olimpiya öyinlari qatoriga kiritiş maqsadida Xalqaro kuraş federatsiyasi, Xalqaro va Milliy olimpiya qömitasi bilan aloqani har taraflama mustahkamlaşni bu boradagi eng asosiy vazifalarimiz deb bilamiz.
VII. TAŞQI SIYoSAT SOHASIDA biz Özbekistonning tinçliksevar siyosati va harbiy-siyosiy bloklarda iştirok etmasligini qöllab-quvvatlab, Özbekiston Respublikasi faol taşqi siyosatining asosiy maqsad va vazifalarini bugungi murakkab şaroitda, mintaqada xavfsizlik va barqarorlikka tahdidlar saqlanib qolayotgan bir vaziyatda amalga oşirmoqda deb hisoblaymiz. Özbekistonning boy tarixiy merosi, uning ma'naviy-axloqiy an'analari va qadriyatlari, jahon madaniyatiga qöşgan beqiyos hissasi respublikaning zamonaviy xalqaro munosabatlarda, faol taşqi siyosat va taşqi iqtisodiy faoliyatda teng huquqli sub'ektga aylanişining asosiy va muhim vositasi böldi.
Biz buyuk alloma va mutafakkirlar Vatani, ulkan va noyob boyliklar, iqtisodiy va aqliy salohiyatlar egasi bölgan Özbekistonning xalqaro miqyosdagi nufuzi va obro‘-e'tiborini yanada yuksaltiriş yölida faoliyat olib borişni eng muhim vazifamiz deb bilamiz. Samarali taşqi siyosatni amalga oşirişda partiyamiz saylovoldi Dasturida belgilab qöyilgan quyidagi vazifalar tarafdorimiz:
— taşqi siyosat va davlat boşqaruvining boşqa organlari faoliyati doirasida milliy manfaatlarni qat'iy himoya qiliş. Bizning şiorimiz — milliy manfaatlar har narsadan ustun;
— Özbekiston xalqining madaniyati va san'ati yutuqlarini keng miqyosda tarğib etiş, Özbekistonning xalqaro maydondagi ijobiy imijini mustahkamlaş;
— Özbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik şaxslarining xorijiy davlatlarda huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining har tomonlama himoya qilinişini ta'minlaş borasida xalqaro hamkorlikni rivojlantiriş;
— boşqa davlatlar tomonidan uyuştiriladigan axborot xurujlariga qarşi kuraşişning samaradorligini ta'minlaş;
— Özbekistonning ayrim şeriklar va mamlakatlar guruhiga boğliqligini kamaytiriş maqsadida iqtisodiy, texnologik, transport va boşqa xildagi aloqalarni keng kölamda diversifikatsiya qiliş;
— mamlakatimizning işonçli, siyosiy va savdo-iqtisodiy sohalarda mas'uliyatli şerik sifatida xalqaro miqyosdagi imijini mustahkamlaş;
— insoniyat tamaddunining qadimgi transçegaraviy yönalişi bölgan Şarq va Ğarbni birlaştiruvçi, iqtisodiy, siyosiy va madaniy-insonparvarlik sohalardagi hamkorlik aloqalarini institutsional mustahkamlaş va kengaytirişda muhim örin tutadigan Buyuk Ipak yölini qayta tiklaş, kuçli «Buyuk Ipak yöli» brendini ilgari suriş.
Bizning asosiy ğoyamiz — Vatanimizda hukm surayotgan tinçlik va osoyiştalikni yanada mustahkamlaş orqali iqtisodiyotning barqaror ösiş sur'atlari, xalqimiz farovonligi va mamlakatimizning bundan buyon ham gullab-yaşnaşiga bor kuç-qudratimizni bağişlaş orqali jonajon Özbekistonimizning milliy manfaatlari yölida fidokorona xizmat qilişdir.
Biz uçun yagona va ustuvor maqsad — bu Özbekiston manfaati va yana bir bor Özbekiston manfaatidir.