Inson manfaatlarini ta'minlaş xalqimiz turmuş farovonligini oşirişning, mamlakat taraqqiyotining boş omilidir. Uşbu omilga tayanib iş köriş uçun esa xalq bilan muloqot qiliş ularning orzu-niyatlari, hayotiy muammo va ehtiyojlarini yaxşi biliş kerak. Joriy yilning mamlakatimizda Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev tomonidan “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e'lon qilinişi ham şu ezgu maqsad yölidagi muhim qadamdir.
Şu kunlarda Oliy Majlis Qonunçilik Palatasi deputatlari ham serquyoş diyorimizning şaharu qişloqlariga çiqib kişilarimizning turmuş şaroitlari bilan yaqindan tanişmoqdalar, ularning manfaatlari röyobga çiqişiga yaqindan yordam bermoqdalar.

Özbekistonning çekka tumanlaridan sanalgan Qöşköpir tumaniga ÖzMTDP Markaziy kengaşi raisi, Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi fraksiya rahbari Sarvar Otamuratov, Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatlari Jumanazar Otajonov va Inoyat Xajiyevning joriy yilning 1-fevralidan 10 fevraligaça rejalaştirilgan 10 kunlik safari ham aynan xalq bilan muloqot olib borib, odamlar dardini eşitiş, muammolarini joyida hal qilişga qaratilgandir.

Deputatlarimiz Qöşköpir tumani qişloqlarida bölib aholining uylariga kirib ularni qiynayotgan muammolar bilan qiziqmoqdalar, şu muammolarni hal qiliş böyiça amaliy kömak bermoqdalar. Şuni alohida ta'kidlaş lozimki, Oliy majlis Qonunçilik palatasi deputatlarini öz hovlisida köriş qişloq ahlini quvontirdi.

– Men pensionerman, – deydi Şixmaşhad qişloğida yaşovçi Abdulla Abdullayev. –Uzoq yillar maktabda ta'lim berdim. Öğlim ham pedagog, böş vaqtlarida hunarmandçilik bilan şuğullanadi. Deputatlarning taşrifi bizni juda quvontirdi, şaxsan Sarvar Otamurotovning özi hunarmandlarga yaratilgan imkoniyatlar, imtiyozlar haqida tuşunça berdi va yaşaş şaroitlarimiz bilan tanişdi, ustaxonamizga kirib, yasagan buyumlarimizni kördi. Bu esa könglimizni kötardi va bizni yanada ruhlantirdi. Bu davlatimizni mamlakatimiz fuqarolariga bölgan ğamxörligining yorqin ifodasidir.
Xonadonlarda bölgan muloqot çoğida içki yöllarning ta'mirtalabligi, qişloqlarda hammomlar yöqligi, dorixonalar uzoqligi kabi e'tirozlar bildirildi. Deputatlar uşbu muammolarning yeçimi xususida dahldor taşkilotlarga öz tavsiyalarini berdilar.












