Oliy Majlis Qonunçilik palatasining 31 iyul kungi yiğilişida «Bolalar soğliğiga zarar yetkazuvçi axborotdan ularni himoya qiliş töğrisida»gi qonun loyihasi birinçi öqişda atrofliça muhokama etildi. 

«Milliy tiklaniş» partiyasi vakili, Qonunçilik palatasi spikeri örinbosari Sarvar Otamuratov uşbu qonun loyihasi bolalarimizning ma'naviy-ruhiy dunyosini har xil xurujlardan himoya qilişga yönaltirilganligi bilan muhim ahamiyatga egaligini aytib ötgan.

«Uni işlab çiqişda nafaqat vazirlik yoki davlat idoralari, balki köpgina nodavlat notijorat taşkilotlar faol iştirok etganligini alohida ta'kidlab ötmoqçiman. Jumladan, bizni «Milliy tiklaniş» demokratik partiyasi faollari, fraksiyamz a'zolari ham qonun loyihasi yuzasidan köp va salmoqli takliflar bildirdilar. Ularning köpçiligi inobatga olingan. Xususan, fuqarolarni özini özi boşqariş organlarining hamda ommaviy axborot vositalarining bolalar soğliğiga zarar yetkazuvçi axborotdan himoya qilişdagi vakolatlarini belgilanişi bizning taklifimiz asosida loyihaga kiritilgan.

Kuni keça, Namangan viloyatining Uyçi tumanida partiyamizdan saylangan mahalliy Kengaş deputatlari, partiyamiz faollari bilan uşbu qonun loyihasini keng va atrofliça muhokama qildik. U yerda juda köp takliflar bildirildi. Barça viloyatlarda qonun loyihasi muhokama etilib, takliflar umumlaştirilib, fraksiyamiz tomonidan ma'sul qömitaga taqdim etildi.  

Qonun loyihasida juda köp kamçiliklar közga taşlanmoqda. Oçiğini aytganda, u aksariyat talablarga ham javob bermaydi Misol uçun, qonunning nomi tuşunarsiz («Bolalarni ularning soğliğiga zarar yetkazuvçi axborotdan himoya qiliş töğrisida» deb nomlaş mumkin), moddalarining bir-biriga boğlanmaganligi yoki undagi normalar oçib berilmaganligini ham körişimiz mumkin. Misol uçun, qonun loyihasining 5-moddasida sohada davlat siyosatini asosiy yönalişlari körsatilgan, lekin ular (boşqa moddalarda) yetarli darajada oçib berilmagan.

Saylovoldi dasturimizda uşbu öta muhim masalaga alohida e'tibor qaratilgan. Xususan, unda yoşlarning kamolotiga xizmat qiladigan kreativ axborot muhitini yaratiş, bolalarni ularning jismoniy va ma'naviy-axloqiy rivojlanişiga zarar yetkazadigan axborotlardan muhofaza qiliş, xalqimizga yot va yoş avlod ongi uçun zararli bölgan «ommaviy madaniyat»ning salbiy ta'siridan yoşlarni muhofaza qiliş maqsadida ularni milliy tiklaniş ğoyasi, milliy madaniyat va qadriyatlarni e'zozlaş ruhida tarbiyalaş vazifalari belgilangan.

Şu nuqtai nazardan, qonun loyihasining kontseptual asoslarini ma'qullab, uni ikkinçi öqişga tayyorlaşda va maromiga yetkazişda fraksiyamiz a'zolari faollik körsatadi», degan Otamuratov.