Sharp kompaniyasi gadjyetlar akkumulyatorlarini quvvatlaşga möljallangan juda antiqa stansiyani namoyiş qildi, u Solar Charging Stand deb nomlandi.
Ğoyaning antiqaligi şundaki, quvvatlaş tizimi komponentlari oddiy boğ kursisiga integratsiya qilingan. Şu bilan birga bunda qayta tiklanuvçi energiya manbalaridan foydalaniladi.
Kursining suyançiğiga quyoş batareyasi örnatilgan, uning foydali iş koeffitsiyenti 30 foizga yetadi. Işlab çiqarilgan energiya akkumulyatorda yiğiladi, bu esa mobil qurilmalarni istalgan şaroitda, hattoki kunning qoronği vaqtida yoki yoruğlik yetarliça bölmaganda quvvatlaş imkonini beradi.
Smartfon yoki planşetni kursining orqa qismiga ulaş uçun USB porti mavjud. Bunday kursilardan yozgi kafelarda hamda oçiq joydagi turli ommaviy joylarda foydalaniş taxmin qilinmoqda.
Sharp bu kursini maqsadi energiyaning "yaşil" manbalarini ommalaştirişdan iborat bölgan Project for the Promotion of City Charge taşabbusi doirasida yaratdi.













