Yaponiyaning Sharp kompaniyasi iPhone qurilmalarining keyingi avlodi uçun OLED-matritsalar işlab çiqarmoqda. Bu haqida firma boş direktori Tay Jyen-vu bergan ma'lumotga asoslanib, Mashable naşri xabar berdi.
"iPhone rivojlanib bormoqda va hozir LTPS'dan OLED-panellarga ötmoqda", - dedi Jyen-vu Taybeydagi (Tayvan) Tatung universiteti talabalariga murojaat qilib. U innovatsion mahsulot yaratişni istovçi kompaniya uçun bu yagona yöl ekanligini ta'kidladi.
Bundan taşqari, Jyen-vu Sharp Yaponiyada OLED-panellarni işlab çiqaruvçi yangi zavod qurayotganini ma'lum qildi. Boş direktor, şuningdek, Qöşma Ştatlarda displeylar işlab çiqariş rejasiga ham töxtalib ötdi: "Agar bizning asosiy mijozimiz bizdan işlab çiqarişni AQŞga köçirişni talab qilsa, nima uçun bunday qilmasligimiz kerak ekan?!"
Oktyabr oyi oxirlarida OAV Apple'ning 2017 yilda uç xil variantdagi iPhone 8'ni işlab çiqarişi mumkinligi haqida ma'lum qilgandi. Standart 4,7- va 5,5- versiyalardan taşqari, 5 dyuym diagonalli smartfon ham paydo bölişi mumkin.












