Tojikiston hukumati Rossiya bilan Podmoskovedagi “Jukovskiy” aeroportidan aviaqatnovlarni yölga qöyişga doir kelişmovçilikni hal etiş mumkin, deb hisoblamoqda. Bu haqda, Tojikiston transport vazirligi fuqaro aviatsiyasi boşqarmasi vakili Anvar Nurov «Interfaks» agentligiga ma'lum qilgan.
«Rossiya tomoni bu masalani muhokama qiliş maqsadida maktub yuborgan. Biz ularni 24 noyabr kuniga taklif qilganmiz», — degan mulozim.
3 noyabr kuni «Kommersant'» gazetasi Rossiya 8 noyabrdan bir tomonlama tartibda Tojikiston bilan aviaparvozlarni töxtatişi mumkinligi haqida xabar qilgan edi.








