Fransiyada ötgan Hellouin vaqtida politsiya qölida qurol maketi bölgan erkakni hibsga oldi.
Voqea Tuluza şahrida röy berdi. Guvohlarning tasdiqlaşiça, 26 yaşar erkak qora va yaşil ranglardagi libosni kiyib olgan.
Ma'lumotlarga köra, qölga oliş vaqtida u politsiya nima uçun uni hibsga olayotganini tuşunmagan. "Hellouinda nima istasang şuni qiliş mumkin-ku", - degan u politsiya xodimlariga.
Mahalliy matbuotning xabar berişiça, uning niyatida yomonlik bölmasada, unga nisbatan qurol işlatgan holda odamlarga xavf soliş va terrorizmni qöllab-quvvatlaş aybi qöyilgan.











