31 oktabr kuni Davlat xavfsizlik xizmati Qaşqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida ötkazilgan tezkor tadbirda “Jihodçilar” diniy ekstremistik oqimi tarafdorlaridan iborat guruh faoliyatiga çek qöyilgani haqida xabar berdi.
“Özaro yiğinlar vaqtida ular “Jihodçilar” oqimi ğoyalari yöğrilgan audio-video körinişdagi materiallarni tinglab, tomoşa qilişgan hamda hijrat va jihod qilişga xayrixohlik bildirişgan”, – deyiladi xabarda.
Qayd etilişiça, guruh a'zolarining yaşaş manzillari közdan keçirilganda xotirasida diniy mazmundagi audio-video materiallar mavjud bölgan uyali aloqa vositalari va fleşkartalar, şuningdek, naşriyoti körsatilmagan kitoblar borligi aniqlanib, ekspertizadan ötkaziş uçun rasmiylaştirib olingan.
DXX rasmiy axborotida guruhning 1969–1995 yillar oraliğida tuğilgan 12 nafar a'zosi orasida mahalla fuqarolar yiğini raisi, örta maktab öqituvçisi, masjid imom-noibi, yakka tartibdagi tadbirkor va mavsumiy işçilar borligi aytilgan.
Özbekiston musulmonlari idorasi bu guruh a'zolari qatorida keltirilgan masjid imom-noibi aslida boşqa kasb egasi ekanini ma'lum qildi.
“Özbekiston musulmonlari idorasi mutasaddi idoralar bilan olib borgan muloqotlari natijasida, uşbu xabarda guruh a'zolari qatorida keltirilgan masjid imom-noibi aslida boşqa kasb egasi ekani ma'lum böldi”, – deyiladi bayonotda.
Idora, şuningdek, diniy soha xodimlari buzğunçi ğoyalarga qarşi kuraş işlarida faol iştirok etayotgani, yolğon yoki tasdiqlanmagan axborotni tarqatiş javobgarlikka sabab bölişini va Islom dinida qattiq qoralanganini bildirgan.
“Ta'kidlaş joizki, bugungi murakkab davrda huşyorlik va ogohlik har qaçongidan ham dolzarb vazifa ekanini teran anglagan imom-xatiblar, imom noiblari va diniy soha xodimlari buzğunçi ğoyalarga qarşi kuraş işlarida faol iştirok etmoqdalar.
Öz navbatida, yolğon yoki tasdiqlanmagan axborotni tarqatiş tegişli javobgarlikka sabab bölişi, şuningdek, Islom dini ta'limotlarida qattiq qoralanganini alohida ta'kidlaymiz”, – deyiladi Musulmonlar idorasi rasmiy munosabatida.












