2016 yil 2 noyabr kuni Özbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik taşkiloti (YeXHT) Demokratik institutlar va inson huquqlari böyiça byurosining (DIIHB) Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini kuzatiş böyiça missiyasi rahbari, elçi Yoxan Peter Traugott Teyler bilan uçraşuv bölib ötdi. Bu haqda ÖzA xabar bermoqda.

Markaziy saylov komissiyasi raisi M.Abdusalomov Komissiyaning YeXHT DIIHB bilan hamkorligi samarali rivojlanib borayotgani va ijobiy natijalar berayotganini ta'kidladi.

Uçraşuvda YeXHT DIIHB missiyasi faoliyati, uning Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini kuzatiş böyiça Markaziy saylov komissiyasi bilan özaro hamkorligi masalalari yuzasidan fikr almaşildi.

Şu kuni poytaxtimizda YeXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari böyiça byurosi missiyasi Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini kuzatiş tadbirini boşlaşi munosabati bilan matbuot anjumani ötkazildi.

Anjumanda elçi Yoxan Peter Traugott Teyler boşçiligidagi missiya poytaxtimizda 17 nafar kuzatuvçi ekspert hamda hududlarda faoliyat körsatadigan 20 nafar uzoq muddatli kuzatuvçidan tarkib topişi ma'lum qilindi. Bundan taşqari, saylov kuni DIIHB 250 nafar qisqa muddatli kuzatuvçilarni jalb qilişi rejalaştirilgan. Kuzatuvçi va ekspertlar YeXHTning 21 a'zo mamlakatidan jalb qilinadi.

Uzoq muddatli kuzatuvçilar guruhi a'zolari mamlakatimizga şu yilning 5 noyabr kuni kela boşlaydi, qisqa muddatli kuzatuvçilar 2-6 dekabr kunlari faoliyat körsatişi nazarda tutilgan.

Saylovni kuzatiş missiyasi saylovni baholaşda YeXHT majburiyatlari, demokratik saylov ötkazilişining xalqaro standartlari va talablari hamda milliy qonunçilikka tayanadi. Kuzatuvçilar saylov kampaniyasi tadbirlarini, saylov ma'muriyati va mutasaddi taşkilotlar faoliyatini, qonunçilikka rioya qiliş jarayonlarini kuzatadi. Ekspertlar saylov tadbirlari ommaviy axborot vositalari tomonidan yoritilişini monitoring qilib boradi.

Saylov kuni kuzatuvçilar saylov uçastkalarining oçilişi, ovoz beriş jarayoni, ovozlarni sanaş va uning natijalarini taqdim qiliş jarayonlarini kuzatadi. Missiyaning dastlabki natija va xulosalari böyiça hujjat saylovdan bir kun ötib çop etiladi.

Tadbirda milliy saylov qonunçiligiga kiritilgan uşbu özgartiş va qöşimçalar, qolaversa, mamlakatimiz Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini xalqaro standartlarga muvofiq oçiq va oşkora ötkazişga tayyor ekanini e'tirof etgan holda YeXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari böyiça byurosi Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini kuzatiş uçun özining tölaqonli missiyasini yuborişga qaror qilgani alohida ta'kidlandi.