2 noyabr kuni tongida Toşkent şahrining Yunusobod tumanida marşrutka iştirokida yöl transport hodisasi sodir böldi. Bu haqda feysbuk ijtimoiy tarmoğidagi "Voditeli Taşkenta" guruhi foydalanuvçilari ma'lum qilişgan.
Hodisa "Minor" metro bekati yaqinida röy bergan. 102-raqamli marşrutka hamda "Gentra" rusumli yengil avtomobil özaro töqnaşgan.
Guvohlarning sözlariga qaraganda, marşrutka yölovçilari yengil jarohatlar olişgan, faqat bir ayol qöli sinib, şifoxonaga olib ketilgan.
Guruhi foydalanuvçilari fikriga köra, avariya "Gentra" avtomobili haydovçisi aybi bilan sodir etilgan. U qizil çiroq yonsa ham töxtamagandi.
Ijtimoiy tarmoqning ayrim foydalanuvçilari esa Amir Temur prospekti va Niyozbek köçasi kesişmasida svetoforlar yaxşi işlamasligini qöşimça qilib ötişgan.
"Svetoforlar bir maromda işlamasligi oqibatida burilmoqçi bölgan avtomobil haydovçilari avariyaga uçramoqda", — deb yozgan ulardan biri.












