Öş şahrida yönalişli mikroavtobuslar soni qisqartirilmoqda. Bu haqda Öş hokimi Aytmamat Qodirboyev aholi bilan bölgan uçraşuvda ma'lum qildi.

2016 yilning oxiriga kelib Öşga 30 ta yangi zamonaviy avtobus keltirildi. Şu sababli şaharda ba'zi marşrutkalar yönalişlari bekor qilinib, ular örniga  soat 6.30 dan 21.00 gaça avtobuslar qatnaşni boşladi.

"Şuningdek, 23 ta trolleybus olib kelinişi kutilmoqda. Trolleybuslar kelişi bilan yönalişli mikroavtobuslar soni qisqaradi. Buning barçasi aholini jamoat transporti xizmati bilan töliq ta'minlaş maqsadida qilinmoqda", deb aytdi Qodirboyev.