Özbekiston hukumati taksi marşrutkalari uçun zamonaviy minibaslarni işlab çiqariş loyihasini körib çiqmoqda.

"Minibaslar işlab çiqaruvçi zavod Samarqandda, xorijiy işlab-çiqaruvçi hamkorligida işga tuşirilişi mumkin", deb xabar qilgan Sputnik Özbekiston muxbiriga "Özavtosanoat"dagi manba.

Ayni damda Özbekiston tomoni uşbu yönalişdagi qator xorijiy kompaniyalar imkoniyatlarini örganmoqda.

"Hozirgi vaqtda xorijiy hamkorlar bilan muzokaralar olib borilmoqda. Minibaslarni işlab çiqariş böyiça loyiha 2018 yilga kelib işga tuşirilişi mumkin. Bu bizga şaharga yaqin va regional yönalişlardagi taksi haydovçilarini sifatli texnika bilan ta'minlaş imkonini beradi. Asosan 11 va 18 örinli minibaslarni işlab çiqarmoqçimiz, şuningdek, ularda tik turib ketuvçi yölovçilar uçun ham joy ajratiş belgilangan", — deya ta'kidlagan manba.

Samarqandda yaqin tört yil içida 300ga yaqin yangi taksi yönalişlari oçilişi kutilmoqda.