Britaniyalik Darren Blend Football Manager öyinini eng uzoq vaqt davomida öynaş böyiça Ginness rekordini örnatdi. Bu haqda The Sun xabar bermoqda.
Blend Italiyaning "Fiorentina" jamoasi uçun 154 mavsum öynadi hamda 151 marta Italiya çempionati ğolibi böldi. U bu rekordni örnatiş uçun 173 kun 16 soat 51 daqiqa sarfladi. Ta'kidlanişiça, u bu natijadan ham kattaroq natijani qayd qilişi mumkin edi, biroq öyinning raqamli körsatkiçlari u noutbukiga qahva tökib yuborgandan keyin yöqolib ketgan. Britaniyalik Ginness rekordlar kitobining 2017 yilgi versiyasiga kiritiladigan böldi.
Football Manager kompyuter öyini futbol murabbiyi simulyatori bölib, uning birinçi qismi 1992 yilda, oxirgi versiyasi esa 2016 yilda çiqarilgan.











