Kia kompaniyasi Rio nomi bilan maşhur bölgan Kia K2 sedanining rasmiy körinişini ma'lum qildi.
Kompaniya matbuot xizmatining ma'lum qilişiça, yangi model avvalgisiga qaraganda hajm jihatidan kattalaşgan: uzunligi 4400 mm (+30 mm), eni 1740 mm (+40 mm), balandligi — 1460 mm (-10 mm), ğildirak bazasi ölçami — 2600 mm (+30 mm).
Model boşqa asboblar paneli, boşqaruv çambaragi va uzatmalar qutisi dastasiga ega böldi. Şuningdek, sensor ekranli multimediya tizimi va iqlim boşqaruvi tizimi ham özgardi.
Yangi Kia Rio quvvati 1,4 va 1,6 litrli benzin dvigateli bilan jihozlandi.
Kia Rio modelining rasmiy taqdimoti joriy yilning 7 noyabrida bölib ötadi.














