Janubiy Koreyaning Kia kompaniyasi Rio X-Line «yöltanlamas» hetçbeki qança turişini ma'lum qildi. Rossiya avtomobil bozori uçun möljallangan krossover 774,9 mingdan 1 024 900 rublgaça sotiladi. Bu esa şu nomdagi sedandan 30 ming rublga qimmat turadi, deganidir. Yangi mahsulot savdosida 2 xil motor örnatilgan 8 töplamdagi maşinalar sotiladi. Savdoga joriy yil 14 noyabridan start beriladi. 

Yangi avlod «Rio» sedani kabi yöltanlamas hetçbekka 1.4 va 1.6 l hajmdagi «tört» silindrli motorlar örnatiladi. Ular 100 va 123 ot kuçini beradi. Maşinalar olti diapazonli «mexanika» va olti bosqiçli avtomat uzatmalar qutisidan iborat. «Rio» X-Line krossoverining old ğildiraklari yetakçi ekani aytilmoqda. 

Uning boşlanğiç töplamiga konditsioner, old örindiqlar va rul çambaragi isitgiçi, 4 ta dinamikali audiotizim, elektr oyna kötargiçlar, şinalardagi havo bosimini nazorat qiliş tizimi hamda yuqoriga kötarilayotganda yordam beriş kabilar bor. 

Boşqa töplamlarida orqani köriş kamerasi, navigatsiya tizimi, Android Auto va Apple Car Play audiotizimi, kalitsiz foydalaniş, old oynani isitiş tizimi kabilar böladi. 

Kompaniya öz mahsulotiga Lada XRay va Renault Sandero Stepway krossoverlari raqobat qilişini aytmoqda. 

Foto: Kia Rio X-Line 
Foto: Kia Rio X-Line 
Foto: Kia Rio X-Line 
Foto: Kia Rio X-Line 
Foto: Kia Rio X-Line