Xiaomi bugun özining 75 dollarli yangi mahsuloti - Mi Bunny Block Robot'ni namoyiş qildi. Bu smartfondan boşqariş mumkin bölgan robot-transformerdir. "Layfxaker" naşri mazkur robot haqidagi ma'lumoti bilan bölişdi.
Kompaniya Mijia bilan hamkorlikda 978 detaldan iborat robot-konstruktorni taqdim qildi. Manbaga köra, "öyinçoq" uç xil şaklga kiradi. Bolalar va ularning ota-onalari "robokop", dinozavr va vertolyotdan birini tanlaşlari mumkin.



Mi Bunny Block Robot'ning öziga xos xususiyatlaridan biri sifatida masofadan boşqariş, blok-grafik dasturlaş va muvozanatni saqlaş tizimini e'tirof etiş mumkin.
Robotning miyasi 32 bit'li Cortex M3 protsessori, muskullari esa bir daqiqada 133 marta aylaniş tezligiga ega bir juft çötkasiz motor-ğildiraklardan iborat. Unda mexanik tugunlardan taşqari, tezlikni aniqlovçi va isib ketişdan asrovçi elektron datçiklar mavjud. Darvoqe, xavfsizlik haqida: detallarni tayyorlaşda ekologik toza materiallardan foydalaniladi.

Mi Bunny Block Robot smartfondan boşqariladi. Öyinçoqning harakatlarini boşqariş, masalan, raqs tuşişga örgatiş mumkin. Buning uçun unda modul-harakatlar asosida boşqaruvçi dasturiy ta'minot mavjud. Robotni boşqaruvçi ilovadan foydalaniş hatto bolalarga ham qiyinçilik tuğdirmaydi.

Mi Bunny Block Robot 11 noyabrdan boşlab, hozirça faqat Xitoy hududida sotuvga qöyiladi.
















