Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğanning bayonot berişiça, Ğarb mamlakatlari Turkiya uçun biron yaxşilik qilmagan. Şu sababli, endilikda mamlakat öz muammolarini mustaqil hal qilmoqçi, deb xabar qiladi Anadolu agentligi.
«Ğarb Turkiya uçun biron yaxşilik qilgani yöq. Turkiyani 53 yil mobaynida Yevropa ittifoqi ostonasida kutişga majbur qilayotgan ğarbdan nimani ham kutişi mumkin?», — deb bayonot bergan Erdoğan.
Turk prezidentining ta'kidlaşiça, amalga oşirilgan sa'y harakatlar va bugungi kun talabalari yordamida mamlakat barça sinovlarni yengib öta oladi.
«Sönggi uç yil mobaynida yuz berayotgan hodisalar tufayli Turkiya voqealarga nisbatan öz qaraşini özgartirdi va özi uçun yangi yölni belgilab oldi», — degan Erdöğan. Uning aytişiça, Turkiya uçun boşqalarning nima deyişi ahamiyatsiz.
Turkiya rahbari, şuningdek, «mamlakat gullab-yaşnaşi va xalq farovonligi yölida barça çoralarni köriş»ga va'da bergan.












