Tojikiston aviatsiya boşqarmasi vakillari Rossiyaning soha mulozimlari bilan Podmoskovedagi “Jukovskiy” aeroportidan reyslarni amalga oşirişga oid muammolarni muhokama etmoqda. Bu haqda Rossiya transport vazirligiga tayangan holda RIA “Novosti” agentligi xabar qilmoqda. 

Vazirlikda ma'lum qilişlariça, uçraşuv natijasi kunning ikkinçi yarmida ma'lum böladi. «Hozirça, Rossiya tomonining talabi özgargani yöq», — degan vazirlik vakili. 

Tojikiston transport vazirligi delegatsiyasi 4 noyabr kuni Moskvaga yöl olgan edi. Vazirlik rahbari Şerali Ganjalzoda, uning mamlakati öz aviabozorini himoya qiliş niyatida ekanini va parvozlarning teng taqsimlanişi qoidasiga rioya qilişni maqsad qilayotganini bildirgan edi. 

Undan bir kun avval, 3 noyabrda «Kommersant'» naşri tarqatgan xabarga köra, Rossiya Tojikiston bilan aviaaloqalarni bekor qiliş bilan tahdid solayotgani haqida yozgandi. Agar rasmiy Duşanbe “Jukovskiy” aeroportidan parvozlarni amalga oşirişga ruxsat bermasa, Moskva şunday çoraga qöl urişi ta'kidlangandi.