Avstraliyalik iqlimşunoslar hozirda anomal hisoblanayotgan yozgi issiq havo 2025 yilga kelib normal bölib qolişini aytmoqdalar. Bu haqda EurekAlert! ma'lum qilmoqda.

Kanberradagi milliy universitet xodimi Sofiya Lyuisning fikriça, yangi iqlim rejimi örnatilişi muqarrardir. Agar insoniyat issiqxona gazlarini atrof-muhitga çiqarişni batamom töxtatsa ham, bunday rejim örnatilişini 2035-2040 yilgaça qoldiriş mumkin, xolos.

"Şu tariqa, havo harorati 50 gradusgaça yetgan, asoratlari odamlar salomatligi uçun öta salbiy ta'sir körsatgan, toğlarda oktabrda yonğinlar avj olgan Avstraliyadagi 2013 yildagi rekord issiq yoz 2035 yildagi odatiy Avstraliya yozining prototipi hisoblanadi", deb aytmoqda Lyuis.

Tadqiqot mualliflarining ta'kidlaşlariça, ularni iqlim özgarişlarining tezligi emas, balki hozirgi ob-havo anomaliyalari normal va uning oqibatlari sezilarli böladigan muddat qiziqtirgan. Bunday vaziyatda birinçilardan bölib Avstraliya va Arktika hududlari jabr köradi, Yerning boşqa hududlarida harorat butun asr davomida oşib boradi. Olimlarning fikriça, 2100 yilda sayyoramizdagi quruqlikning 98 foizdan köproği iqlim özgarişlariga uçraydi. 

Oktyabr oxirida olimlar global isiş sababli yaqin orada Yevropa janubidagi kurort hududlar yöq bölib ketişini başorat qilgandilar. Olimlarning aytişiça, şu kabi jarayonlar AQŞ janubi-ğarbida ham yuz bermoqda.