Özbekiston respublikasi böyiça eng köp ajraşiş Toşkentda (32 foiz) kuzatilmoqda. Masalan, joriy yilning 9 oyida şahar böyiça 3442ta ajraşiş qayd etilgan. Bu haqda “Oila davrasida” naşriga asoslanib, 1news.uz xabar yozgan.
“Bugun bu boradagi loqaydlikka nuqta qöyişimiz va bir qator işlarni qayta körib çiqişimiz zarur. Jumladan, oilani mustahkamlaş va yoşlarni turmuşga tayyorlaş böyiça qiladigan işlarning köpçiligi rasmiyatçilik uçungina bölib qolyapti” deydi Özbekiston Xotin-qizlar qömitasi raisi Elmira Bositxonova.
Oliy Majlis Senatining Fan, ta'lim, madaniyat va sport masalalari qömitasi raisi Zayniddin Nizomxöjayev köp hollarda yoş kelin-kuyovlar arzimas sabablar bilan ajraşib ketayotganini ta'kidlagan.
“Bir arizada qaynota kuyoviga töydan oldin va'da qilgan avtomaşinani olib bermagani uçun kuyovtöra ajraşmoqçi ekanini bildirgan. Belida belboği bor özbek yigitining şu darajaga borişining özi naqadar uyatli va şarmandali hol emasmi?” deydi Senat qömita raisi.

















