AQŞning dastur işlab çiqaruvçi va "bulutli" texnologiyalar negizida xizmatlar taqdim qiluvçi NetSuite Inc. kompaniyasi aksiyadorlari kompaniyaning taşkilotlar uçun dasturiy ta'minot yaratiş sohasida dunyo yetakçisi Oracle Corp. kompaniyasiga 9,3 mlrd dollarga sotilişi böyiça bitimni ma'qullaşdi.
NetSuite’da ma'lum qilinişiça, bitimni 53 foiz aksiyadorlar ma'qullaşgan. Şu bilan birga ma'lum qilinişiça, kompaniyaning 45 foiz aksiyasi Oracle prezidenti Larri Ellison va uning oilasiga tegişli, biroq ular ovoz berişda iştirok etişmagan.
Bitimga NetSuite’ning eng yirik mustaqil aksiyadori, uning 18 foizga aksiyasiga egalik qiluvçi T. Rowe Price Group kompaniyasi qarşi çiqqan. Kompaniya vaillarining fikriça, taklif qilingan narx juda past bölgan. Biroq qolgan aksiyadorlar bitimni ma'qullaşgan.
NetSuite’ning sotib olinişi Oracle tarixidagi eng yirik bitimlardan biri böladi. "Bulutli" texnologiyalar sohasida raqobatçilarga yetib olmoqçi bölayotgan kompaniya şu tariqa özining "bulutli" texnologiyalar sohasidagi mavqeini mustahamlab olmoqçi.







