Amerikaning Oracle korporatsiyasi sun’iy intellektga ötiş doirasida 30 ming nafar xodimini işdan böşatdi, deb yozadi Time.
Kompaniyada 30 yil işlagan xodimlardan biri işdan böşatilganini şifoxonada yotgan paytida telefon orqali bilgan.
Sobiq xodimlarning aytişlariça, ularni sun’iy intellekt tizimlarini takomillaştirişga majburlaşgan.
17 aprel kuni 600 nafar xodim ta’til pullarini oşiriş, tibbiy suğurtani uzaytiriş va işçi vizasiga ega xodimlarni qöllab-quvvatlaşini sörab rahbariyatga maktub yozgan. Oracle murojaatlarni faqat individual tarzda körib çiqişini bildirgan.
Ayniqsa xorijlik işçilarga qiyin bölişi aytilmoqda. Ularning yangi işxona topiş uçun 60 kun vaqti bor, aks holda AQŞni tark etişlariga töğri keladi.
Oracle — dasturiy ta’minot işlab çiquvçi kompaniya bölib, Microsoft’dan keyin ikkinçi örinda, axborot texnologiyalari sohasida törtinçi örinda turadi (Alphabet, Microsoft va IBM korporatsiyalaridan keyin). 2025 yil holatiga dunyo böyiça uning xodimlari soni 162 ming nafarni taşkil etgan.








