Bloomberg naşri Ellisonning boyligini 393 milliard dollarga, Maskning boyligini esa 385 milliard dollarga baholamoqda. Ellison keskin tarzda kötarildi, çunki kapitalining bir kunlik ösişi 101 milliard dollarni taşkil etdi - bu Bloomberg reytingi tarixidagi eng katta ösişdir.

Agentlik reytingida Mask deyarli bir yil davomida birinçi örinda turdi. U birinçi marta 2021 yilda uşbu poğonaga çiqqan, biroq keyin Amazon asosçisi Jyeff Bezos va LVMH asosçisi Bernar Arnoga boy bergan. Hozir ular mos ravişda törtinçi va sakkizinçi örinlarni egallab turibdi.

Iyul oyidan beri Ellison Bloomberg reytingida Meta rahbari Mark Tsukerbergni ortda qoldirib, ikkinçi örinni egallab kelayotgan edi.

Forbes naşri ham Ellisonning boyligi ösganini qayd etdi (taxminan 102 milliard dollar yoki umumiy boyligining deyarli 35 foizi), uning umumiy kapitali esa 395 milliard dollarga baholangan. Ammo Mask Forbes reytingida hali ham 437 milliard dollar boyligi bilan birinçi örinda turibdi.

Ellison 81 yoşda. U 1977 yilda Bob Mayner va Ed Outs bilan Oracle kompaniyasiga asos solgan. Milliarder Oracle boş direktori lavozimini 2014 yil sentabrida kompaniyani 37 yil boşqarganidan söng tark etdi va direktorlar kengaşi raisi va texnik direktor böldi. U Oracle aksiyalarining 40 foizdan ortiğiga egalik qiladi.

Şuningdek, u Paramount Skydance kompaniyasining taxminan 50 foiziga egalik qiladi. 2018-2022 yillarda u Tesla direktorlar kengaşi a’zosi bölgan, hozirda ham kompaniya aksiyalariga egalik qiladi.

Ellison boyligining ösişi 2026-moliyaviy yilning birinçi çoragi böyiça hisoboti e’lon qilinganidan keyin Oracle aksiyalarining tez ösişi bilan ta’minlandi (AQŞda moliyaviy yil 1 oktyabrdan 30 sentabrgaça davom etadi).

Bloomberg naşriga köra, sun’iy intellekt rivojlanişi fonida bulutli infratuzilmaga sarmoya kiritiş Oracle’ga gullab-yaşnaş imkonini bergan. Uning sönggi hisobotiga köra, kompaniyaning bulutli texnologiyalardan olgan daromadi 28 foizga ösib, 7,2 milliard dollarni, bulutli infratuzilmadan olgan daromadi esa 55 foizga ösib, 3,3 milliard dollarni taşkil etgan. Yirik şartnomalar, jumladan, 4,5 GVt quvvatga ega ma’lumotlarni qayta işlaş markazlarini yaratiş böyiça ChatGPT işlab çiquvçisi - OpenAI bilan kelişuv tufayli Oracle majburiyatlari portfeli 359 foizga oşib, 455 milliard dollarga yetdi. Şuningdek, kompaniya AQŞ prezidenti Donald Tramp tomonidan yanvar oyida e’lon qilingan Stargate sun’iy intellekt uçun infratuzilma yaratiş loyihasining iştirokçisi hisoblanadi. Ellison azaldan respublikaçini qöllab-quvvatlaydi.