Sport | 09:26 / 09.11.2016
4269
1 daqiqa o‘qiladi

Beyl oltinchi marta Uelsda yil o‘yinchisi bo‘ldi

«Real» yarimhimoyachisi Garet Beyl Ulsda yilning eng yaxshi o‘yinchisi nomini qo‘lga kiritdi. Beyl bu nomga qatorasiga 4-marta va oxirgi 7 yilda oltinchi marta erishmoqda.

Beyl 2016 yilda «Real» bilan chempionlar ligasida g‘olib bo‘ldi va Uels terma jamoasi bilan Yevro-2016 yarimfinaliga chiqdi.

«Uelsning yil o‘yinchisi bo‘lish - men uchun katta sharaf. Hammaga katta rahmat» , deb yozdi Beyl o‘z tvitterida.

Ma'lumot uchun, «Stok Siti» yarim himoyachisi Jo Allen bu mukofotga 2 marta ega chiqqan. G‘olib futbolchilar va muxlislar ovoz berishi orqali aniqlanadi.

Mavzuga oid