Jahon | 09:28 / 09.11.2016
9804
1 daqiqa o‘qiladi

The New York Times Trampning g‘alabasi ehtimolini ilk marta 50 foizdan ortiq deb baholadi

nytimes.com saytidan olingan skrinshot

Amerikaning The New York Times nashri AQSh prezidentligi uchun saylovlarda Respublikachilar partiyasi nomzodi sifatida ishtirok etayotgan Donald Tramp g‘alabasiga nisbatan ehtimolini qayta ko‘rib chiqdi. Gazeta saytida joylangan xabarda Tramp g‘alaba qozonishi ehtimoli 50 foizdan yuqori baholangan. 

Toshkent vaqti bilan soat 07:45da respublikachi nomzodning g‘alaba qozonishi ehtimoli 59 foiz deb belgilandi. Saylovlar boshlanguncha, The New York Times gazetasi demokrat Hillari Klintonning g‘olib bo‘lishini 86 foizlik ishonch bilan ta'kidlagan edi. Ayni vaqtda, Tramp 216 saylovchiga egalik qilmoqda, Klinton hisobida 197 saylovchi bor. 
 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid