Amerikaning Heart Aerospace kompaniyasi X1 elektrosamolyotini sinovdan ötkazdi. Sinov Nyu-York ştatidagi Plattsburg aeroportida ötkazildi. Uçuvçi samolyotda 335 metr balandlikka kötarildi, parvoz 27 daqiqa davom etdi.
Qayd etilişiça, X1 elektr aviatsiyaning imkoniyatlarini namoyiş etiş maqsadida işlab çiqarilgan.
Parvoz davomida samolyot faqat akkumulyatorlar quvvatidan foydalandi. Heart Aerospace kompaniyasining hisob-kitobiga köra, sinov davomida 5 dollarlik elektr energiyasi sarflangan.
X1 samolyotining uzunligi 32,3 metr, qanotlarining uzunligi 23,2 metrni taşkil etadi, parvoz oğirligi esa 11,3 tonnaga teng. Elektr motorning quvvati esa 1 MVtdan ortiq.















