AQSh Qurolli kuchlari Ho‘rmuz bo‘g‘ozi ustidan nazoratni saqlab qoladi, deb yozdi AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida.

«AQSh Ho‘rmuz bo‘g‘ozini to‘liq nazorat qiladi. O‘ylaymanki, biz bu nazoratni saqlab qolamiz. Bizning dengiz blokadamizni hamma “po‘lat devor” deb ataydi, Eron esa bunga qarshi hech narsa qila olmaydi», - deb qayd etdi siyosatchi.

Shu bilan birga, 11-avgust kuni Eron Milliy xavfsizlik oliy kengashi kotibi Muhsin Rizoiyning aytishicha, Qo‘shma Shtatlar o‘z xatti-harakatlarini o‘zgartirishi va Eron shartlarini qabul qilishi kerak, aks holda Ho‘rmuz yopiqligicha qoladi. Uning ta’kidlashicha, AQSh butun mintaqani xavf ostiga qo‘ygan noqonuniy urushni boshlagan.

AQSh iyul oyida Eron portlari blokadasini qayta tikladi. 8-avgust kuni vitse-prezident Jey Di Vens Tehron bilan ziddiyatni bartaraf etish bo‘yicha muzokaralarda muayyan yutuqlarga erishilganini ma’lum qildi. Reuters ma’lumotlariga ko‘ra, Eron yo‘lakdan o‘tish uchun haq talab qilmaslikka rozi bo‘lgan, biroq aftidan, unga kirayotgan kemalarni nazorat qilish huquqini olgan.