AQŞ mediasi 2 kundan beri Tramp ötgan oy Turkiyadagi NATO sammitidan harbiy samolyotda yaşirinça qaytib ketganini yoritarkan, prezident buni tasdiqladi. Ohayoga jönaşi oldidan u jurnalistlarga voqea haqida qisqa sözlab, faqat maxsus xizmat aytganidek qilganini bildirdi. Tahdid bor edi, deydi Tramp sözini yakunlarkan.
Ötgan oy AQŞ prezidenti Turkiyaga NATO sammiti uçun borib, ortga qaytayotganida Amerika maxsus xizmatlari prezidentga suiqasd rejalaridan xabar topgan. Taxminiy hujum oldini oliş uçun Tramp Anqaradan maxsus operatsiya orqali olib ketilgan. Aytilişiça, Eron Trampga suiqasd rejalagan bölişi mumkin edi.
Prezident körsatilganidek xizmat samolyotida bölmagan. U samolyotga çiqqan va narigi tomondagi keytering yuk maşinasiga olib ötilib, harbiy samolyotga yetkazilgan. Tramp harbiy samolyot bilan Buyuk Britaniyagaça, söngra özining xizmat samolyotida Vaşingtonga uçib ketgan.
Bu maxfiy operatsiya haqida The Washington Post gazetasi va uning ortidan deyarli barça katta medialar yozdi. Hiyla-nayrang Eronning suiqasd tahdidi sabab öylab topilgan. Ammo eng nozik masala – prezident bor deb körsatilgan va prezident çiqmagan samolyotda jurnalistlar hamda Oq uy amaldorlari bölgan.
Rejadan xabardor bölgan AQŞ rasmiysi sözlariga köra, Eron bilan uruşdan keyingi xavfsizlik xavotirlari sababli prezidentning qayerda ekanini sir saqlaş buyurilgan hamda harbiy samolyot bilan Turkiyadan olib çiqib ketilgan.
Şunday qilib bir vaqtning özida 3 ta samolyot Britaniyaga uçgan. Xavfsiz jihatidan kamçiliklari borligi sabab Tramp çiqmagan Qatar sovğasi bölgan bort, Tramp çiqqandek qilib körsatilgan asosiy xizmat samolyoti va maxfiy tarzda S-32 harbiy samolyoti ham Britaniyaga uçgan. Tramp undan asosiy xizmat samolyotiga ötgan va Vaşingtonga uçib ketgan.
Şundan söng matbuotda nega Qatar sovğa qilgan yangi samolyotda uçilmagani keng muhokamalarga sabab bölib, savollarni köpaytirdi. Oq uy va prezidentning özi kuzdan boşlab bu bort takomillaştirilişi, bu esa 1-2 oygina vaqt olişini ma’lum qildi. Ular samolyot yuqori xavfsizlik talablariga javob bermasligini sabab qilib körsatişgan.
Washington Post gazetasi bu xabarni e’lon qilgaç, Oq uy kommunikatsiyalar departamenti buni rad etmadi.












