“DaVinci Solutions” konsalting butigi Toşkent şahridagi Inha Universitetining talabasiga grant topşirdi. Bu haqda universitet matbuot xizmati xabar bermoqda.

2016 yilning sentabr oyida “DaVinci Solutions” kompaniyasi Toşkent şahridagi Inha Universiteti (IUT)ning bir nafar talabasiga grant topşirişi töğrisida ma'lum qilgandi. Grant talablariga köra, IUT talabalari “DaVinci Solutions” kompaniyasiga hujjatlar topşirişlari kerak edi.

Kompaniya vakillari eng zör nomzodlarni tanlab olişdi va ular bilan intervyu ötkazişdi. Yakuniy bosqiçda 4 nafar finalçi bilimlari va qönikmalari tekşiruvdan ötkazildi.
Tanlov yakunlariga köra, IUT ning 3-bosqiç talabasi Aziz Siyayev “DaVinci Solutions” kompaniyasining grantini qölga kiritdi.

2016 yilning 9 noyabr kuni “DaVinci Solutions” kompaniyasining boşqaruvçi hamkori Hilola Suleymanova Aziz Siyayevga grantni oliş uçun sertifikat topşirdi.

Mazkur tadbir doirasida “DreamJob School” loyihasi qatnaşçilarini ham taqdirlaş marosimi bölib ötdi.