Kuvayt hukumati Xalqaro Olimpiya qömitasining mamlakatning yangi Milliy Olimpiya qömitasini sudga beriş qaroriga javoban xalqaro sport taşkiloti ustidan Lozannadagi fuqarolik sudiga 1 mlrd dollarlik da'vo arizasi bermoqçi. Bu haqda Inside the games portali xabar bermoqda. 

Avvalroq portal Xalqaro Olimpiya qömitasi Olimpiya qömitasi brendlari va nomlaridan foydalangani uçun Kuvayt MOQ ustidan sudga da'vo arizasi berişi ma'lum qilingandi.

2015 yil oktabrda Kuvayt MOQ mamlakat hukumatining uning faoliyatiga aralaşişi sababli Xalqaro Olimpiya qömitasi ijroçi kengaşi qarori bilan çetlatilgan edi. Bu qadam Kuvayt Olimpiya harakatini hukumat tomonidan nomaqbul aralaşuvdan himoya qiliş uçun qilingan. Kuvaytda yangi Olimpiya qömitasi yaratilgan. Uning prezidenti etib Fahad Jabbor Alali Al Saboh tayinlangan.

XOQ boş kotibi örinbosari Pere Miro şayhga yöllagan maktubida XOQ Kuvaytning yangi MOQini tan olmasligi aytilgan. Şuningdek, XOQ Kuvaytning muqobil MOQini yaratiş jarayoniga aloqador bölganlarga qarşi istalgan çoralarni qöllaş huquqini özida saqlab qolişi aytilgan.  

Kuvayt MOQ çetlatilgani sabab kuvaytlik sportçilar Rio-de-Janeyrodagi Olimpiadada XOQ bayroği ostida iştirok etişlariga töğri kelgan.