Özbekistonning birinçi raqamli tennisçisi Denis Istomin Slovakiyada ötkazilayotgan “Peugeot Slovak Open – 2016” xalqaro turnirining yakkalik bahslarini muvaffaqiyatli boşladi. Bu haqda ÖzA xabar bermoqda.
D.Istomin birinçi davrada mezbonlar vakili Tomas Liskaga qarşi kortga çiqdi. Teng kuraşlar ostida ötgan uçraşuvning birinçi setida Denis Istomin taybrekda ğalaba qozongan bölsa, ikkinçi setda 6:1 hisobida zafar quçdi va ikkinçi davrada ukrainalik Sergey Staxovskiy bilan raqobatlaşadigan böldi.
Sanjar Fayziyev va Oqgul Omonmurodova Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) tomonidan Kuvayt va Belarusda ötkazilayotgan nufuzli turnirlarning çorak finaliga yöl oldi.
O.Omonmurodova Belarusda ötayotgan musobaqaning ikkinçi davrasida ruminiyalik Irina Mariya Barani 6:1, 7:5 hisobida mağlubiyatga uçratdi. Endi tajribali tennisçimiz yarim final yöllanmasini qölga kiritiş uçun rossiyalik Anna Kalinskaya bilan kuç sinaşadi.
S.Fayziyev Kuvaytdagi turnirning ikkinçi davrasida niderlandiyalik Pol Montebanni 6:0, 6:3 hisobida yengdi. Sanjar çorak finalda fransiyalik Ronan Jonkurni sinovdan ötkazadi.












