Samvel Babayan boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi futbolchilari bugun Iordaniyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.
Xabaringiz bor, 15 noyabr kuni O‘zbekiston terma jamoasi Seulda Janubiy Koreyaga qarshi JCh-2018 saralashining 5-tur bahsida maydonga tushadi. Bugun bo‘lib o‘tadigan Iordaniya bilan o‘yin Janubiy Koreyaga qarshi bahsga tayyorgarlik vazifasini o‘tab beradi.
Mazkur uchrashuv "Paxtakor" stadionida soat 17:00da boshlanadi.
O‘zbekiston - Iordaniya











