Özbekiston milliy jamoasi noyabr oyida Dubayda xalqaro turnirda iştirok etadi.
Mini-turnirda Özbekistondan taşqari Misr, Eron va Kabo-Verde milliy jamoalari qatnaşadi.
Qur’a natijalariga köra, Fabio Kannavaro boşçiligidagi Özbekiston milliy jamoasi dastlab yarimfinalda Misr bilan bellaşadi.
Bu öyin ğolibi finalda Eron va Kabo-Verde juftligi ğolibiga qarşi maydonga tuşadi.
Yarimfinal öyinlari 14 noyabrda, 3-örin uçun bahs hamda final esa 17 noyabrda bölib ötişi rejalaştirilgan.
Eslatib ötamiz, Dubaydagi turnirda qatnaşadigan Misr va Eron ham xuddi Özbekiston kabi JÇ yöllanmasiga ega bölişgan. Kabo-Verde esa 13 oktyabr kuni mundial çiptasiga ega bölişi kutilmoqda.












