Mirobod tumanida bolalar maydonçasi va sport öyingohlari örnida amalga oşirilgan quriliş işlari örganildi.
Aniqlanişiça, «Mahalla» xayriya jamoat fondi balansida bölgan hudud keyinçalik "Al-Latif Hears Tower" MÇJ tasarrufiga ötkazilgan hamda rekonstruksiya va qöşimça bino-inşootlar quriş uçun tegişli ruxsat hujjatlari rasmiylaştirilgan.
Biroq «Lolazor» MFY hududidagi köp qavatli uylar aholisi mazkur hududda yangi bino qurilişiga qarşilik bildirgan. Şuningdek, «Mahalla» xayriya jamoat fondi bilan investor örtasidagi investitsiya şartnomasi bekor qilingan.
Şunga qaramay, 2026 yil iyun oyida fond balansidagi 172 kvadrat metr maydondagi bino buzib taşlangani oqibatida davlat manfaatlariga jiddiy zarar yetkazilgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan 27 iyul kuni tuman prokuraturasi tomonidan "Al-Latif Hears Tower" MÇJ mansabdor şaxslari va boşqa şaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatildi.
Jamiyatning norasmiy rahbari sifatida körsatilayotgan Asliddin Ikromov gumon qilinuvçi tariqasida protsessual tartibda uşlandi.
Ayni paytda mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda. Mas’ullarning xatti-harakatlariga huquqiy baho beriş hamda bolalar maydonçasini avvalgi holatiga qaytariş böyiça zarur çoralar körilmoqda.
Avvalroq Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Mirobod tumanidagi “Lolazor” mahallasida örganiş işlarini olib borgandi.
“Odamlar dod deganiça bor – qurilişlar tufayli poytaxtdagi umumiy hovlilar, öyin va sport maydonçalari tag-tugi bilan yöq qilib yuborilyapti.
Boş prokuratura butun Toşkent şahri böyiça bunday ob’yektlarni töliq inventarizatsiyadan ötkazadi. Quriliş uçun berilgan ruxsatnomalarning qonuniyligi, şaharsozlik me’yorlari va aholi huquqlariga qay darajada rioya qilinganini tekşiriş şart. Agar qonunbuzarlik holatlari aniqlansa, mas’ul şaxslarga nisbatan murosasiz jazo çoralari köriladi, aybdorlar, kerak bölsa, hatto ozodlikdan mahrum etiladi”, deya yozdi u.













