1962 yilning noyob Ferrari 250 GTO maşinasi 45 mln funt sterling (56 mln dollar) narx bilan auksionga qöyildi, deb xabar bermoqda The Telegraph.
Avtomobil "Sebring 12 soati" marafonida iştirok etgani va bu poygada öz sinfida ğolib bölgani hamda umumiy hisobda 2-örinni olgani bilan maşhurdir. Maşina şuningdek "Le-Man 24 soati" musobaqasida ham iştirok etib, öz toifasida ğolib bölgan va poygada marraga oltinçi bölib yetib kelgan.
Model 300 ot kuçiga ega V12 dvigateli bilan jihozlangan bölib, 100 km/soat tezlikka 6 soniyada erişadi. Uning maksimal tezligi esa 270 km/soat ni taşkil qiladi.
Bugungi kunda eng qimmatbaho maşina 1963 yilda işlab çiqarilgan Ferrari 250 GTO maşinasi bölib kelayotgandi: u 2013 yilda 52 mln dollarga sotilgan.
















