Zelenskiy bu haqda 25-oktabr kuni eʼlon qilingan «1+1» telekanaliga intervyusida gapirgan. Bayonot noyabrda Ukraina, Rossiya va AQŞ delegatsiyalari örtasida ötkazilişi mumkin bölgan muzokaralar oldidan yangragan.

«Bizning xavfsizlik kafolatlarimiz - bizning xavfsizlik kafolatlarimiz. Ularni Rossiya tomoni belgilab bera olmaydi», - degan Ukraina prezidenti.

Uning sözlariga köra, Kiev uçun navbatdagi uç tomonlama muzokaralarda davlat rahbarlari uçraşuvini taşkil etiş imkoniyati muhokama qilinişi muhim.

Zelenskiy hamkorlarni Ukraina, AQŞ va Rossiya yetakçilari iştirokidagi uçraşuvdan oldin Moskvaga qarşi sanksiyalarni şoşilinç bekor qilmaslikka ham çaqirgan.

«Sanksiyalar suhbatlaşiş imkoniyati uçun emas, tajovuz uçun joriy qilingan. Buni Amerika delegatsiyasiga ham aytdim: Rossiyaning moyilligi haqida gapirganda, uni bunday narx evaziga sotib oliş kerak emas», - degan u.

Ukraina rahbari Putin bilan uçraşuvga sanksiyalar, mablağlar yoki muzlatilgan aktivlar kabi taʼsir vositalarisiz borişni istamasligini taʼkidlagan. Uning fikriça, bunday holatda Kievning muzokaralardagi imkoniyatlari kamayadi.

Noyabrdagi uçraşuvda Ukraina energetika sohasidagi sulh va Qora dengizda öt oçişni töxtatiş masalalarini ham kötarmoqçi.

Ukraina va Rossiya AQŞ vositaçiligida töğridan töğri muzokaralarni qayta boşlaşga tayyorligini bildirgan bölsa-da, delegatsiyalar uçraşuvining aniq sanasi hali kelişilmagan.

Rossiya prezidenti yordamçisi Yuriy Uşakov 25-oktabr kuni Kreml uçraşuvni 4-noyabrdan keyin ötkaziş imkoniyatini körib çiqayotganini aytgan.

Avvalroq Moskva ehtimoliy manzil sifatida Birlaşgan Arab Amirliklari poytaxti Abu-Dabini, taxminiy muddat sifatida esa noyabr örtalarini körsatgan. Rossiya tomoni bu haqda AQŞ prezidentining maxsus vakili Stiven Uitkoff bilan 21-oktabr kuni Sankt-Peterburgda bölib ötgan uçraşuvda maʼlum qilgan.