11 noyabr kuni Özbekiston “Milliy tiklaniş” demokratik partiyasidan Özbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Sarvar Otamuratovning Sirdaryo viloyati saylovçilari va jamoatçiligi bilan uçraşuvi bölib ötdi. Bu haqda ÖzMTDP Sirdaryo viloyat kengaşi Axborot xizmati xabar bermoqda.
Uçraşuvda turli sohalar, davlat va jamoat taşkilotlari vakillari, xotin-qizlar, yoşlar, mahalla faollari, partiya a'zolari hamda OAV xodimlari iştirok etdilar.
Tadbirni Bolalar sportini rivojlantiriş jamğarmasi Sirdaryo viloyati filiali direktori Jamoliddin Komilov oçib berdi va olib bordi.
Uçraşuv Sirdaryo viloyatining barça tuman va şaharlarining saylovçilari bilan onlayn videokonferensiya orqali muloqot tarzida bölib ötdi.
Dastlab nomzodning hududdagi işonçli vakili Norbobo Soatov yiğilganlarni Sarvar Otamuratov tarjimai holi bilan taniştirdi. Şundan söng nomzod saylovoldi Dasturining asosiy yönalişlarini bayon etdi.
Nomzod joriy yilning 4 dekabrida bölib ötadigan Prezident saylovi mamlakatimiz, xalqimiz qatorida sirdaryoliklar hayotida ham ğoyat muhim örin tutadigan ijtimoiy-siyosiy tadbir ekanligini alohida e'tirof etdi.
Uçraşuvda Özbekiston “Milliy tiklaniş” demokratik partiyasidan Özbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Sarvar Otamuratov ta'kidlaganidek, mustaqil Özbekiston tarixining hozirgi davrida oldimizda nihoyatda mas'uliyatli vazifa turibdi. Şularni inobatga olgan holda, nomzod Dasturida yurtimizdagi tinçlik va osoyiştalikni, ijtimoiy-iqtisodiy sohalarni barqaror rivojlantiriş, xalqimiz farovonligini izçil yuksaltirib boriş, Vatanimizning dunyodagi eng rivojlangan davlatlar qatoridan joy olişi yölidagi ezgu maqsadlarimizni röyobga çiqariş böyiça strategik va ustuvor vazifalar belgilangan.
Şuningdek, uçraşuvda Sarvar Otamuratov Dasturda siyosiy va sud-huquq, iqtisodiy, ijtimoiy, axborot, sport va taşqi siyosat sohalarida belgilangan jamiyatimizni isloh etiş va demokratlaştiriş, mamlakatimizni modernizatsiya qiliş jarayonlarini yangi bosqiçga kötarişning eng maqbul yeçim va ustuvor yönalişlariga töxtalib ötdi. Bu kabi vazifalar saylovçilarda katta qiziqiş uyğotdi.
Uçraşuv söngida Sarvar Otamuratov iştirokçilarning barça savollariga javob berdi.










