Germaniyaning Kyoln şahrida 12 noyabrda 20 mingga yaqin kişi Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdöğanning hukumatiga qarşi norozilik aksiyasini ötkazdilar, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi. 

Ma'lum qilinişiça, kurdlar va alavitlar tarafdorlari Reyn daryosi böylab namoyiş ötkazganlar. Köpçiligi niqoblarda va Turkiyada man qilingan Kurdiston işçi partiyasi ramzi bilan bölgan 300 ga yaqin yoşlar namoyişçilarning asosiy guruhidan ortda qolib, politsiyaga şişa idişlar va toşlar uloqtira boşlagan. Buning oqibatida bir politsiyaçi jarohat oldi.  

Mahalliy hukumat bir neça nafar namoyişçilar hibsga olinganini ma'lum qildi.

Avvalroq Erdöğan Yevropani Kurdiston işçi partiyasini qöllab-quvvatlaşi tufayli terrorçilikka şeriklikda ayblagandi.