Daniya politsiyasi taniqli ekofaol Greta Tunbergni Kopengagenda Ğazo sektoridagi uruşga qarşi ötkazgan norozilik namoyişi vaqtida hibsga oldi, deb xabar beradi The Guardian.
Politsiya vakilining ma’lum qilişiça, 4 sentabr kuni Kopengagen universitetida 20 kişi binoga kirişni tösib qöygani uçun ularning olti nafari qölga olingan.
Politsiya hibsga olinganlarning şaxsini tasdiqlaşdan boş tortgan, ammo «Talabalar bosqinçilikka qarşi» taşkilotiga köra, ular orasida 21 yoşli Tunberg ham bor.
Extra Bladet yangiliklar naşri tomonidan e’lon qilingan Tunbergning suratida unga kişanlar taqilgani tasvirlangan. Şu bilan birga Tunberg özining Instagram sahifasi orqali politsiya binoga kirişdagi tartibsizlikka qarşi kuraşgani tasvirlangan suratlarni bölişgan.
«Men hibsga olinganlar şaxsini tasdiqlay olmayman… Ular binoga noqonuniy kirganlikda va kiriş yölagini tösib qöyganlikda gumonlanmoqda», — deydi Kopengagen politsiyasi vakili.
«Talabalar bosqinçilikka qarşi» taşkiloti tomonidan e’lon qilingan bayonotda aytilişiça, «Falastinda vaziyat tobora yomonlaşayotgan bir vaqtda Kopengagen universiteti Isroil ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni davom ettirmoqda».
Stokholm sudi Greta Tunbergni mart oyida Şvetsiya parlamentiga asosiy kiriş yölini ikki marta tösib qöygani uçun 6000 şved kronasi (taxminan 512 yevro) miqdorida jarimaga tortgandi. Undan oldin ham Tunberg Şvetsiyada namoyişlarda qatnaşgani uçun ikki marta jarimaga tortilgan.


















