Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy rahbari Tramp bilan muloqotda: Xitoy va AQSh ko‘p sohalarda hamkorlik qilishi mumkin va kerak
Foto: Reuters
AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp va XXR raisi Si Jinping ilk marta telefon muloqoti o‘tkazishdi.
RIA Novosti xabar berishicha, tomonlar o‘zaro aloqalarni rivojlantirish xususida, shuningdek, o‘zaro uchrashish imkoniyatlari haqida gaplashishgan.
Xitoy rahbari Trampni saylovdagi g‘alaba bilan qutlagan.
«Ayni vaqtda ikki tomon o‘zaro munosabatlarni rivojlantirishda ulkan imkoniyatlarga ega. Tomonlar istiqbolda harakatlarni muvofiqlashtirgan holda olib borishi, iqtisodiy hamkorlikni va barcha sohalardagi aloqalarni kengaytirishi kerak. Xitoy va AQSh hamkorlik qilishi mumkin va lozim bo‘lgan ishlar anchagina. Savdo aloqalarini kengaytirish ikki mamlakat xalqlari farovonligini yanada oshiradi», — Jingpinning so‘zlari keltirilgan Xitoy Markaziy televideniyesida.
O‘z navbatida Tramp AQSh va Xitoy munosabatlari rivojlanishda davom etishiga umid bildirgan.
Bundan oldinroq, Trampni Bushlar oilasi vakillari AQSh prezidenti etib saylangani bilan tabriklagani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
07:42 / 15.05.2026
«Raqib emas, hamkor bo‘laylik» – Tramp va Si uchrashuvining birinchi kuni qanday o‘tdi?
19:10 / 14.05.2026
Si Jinping Trampni AQSh va Xitoy o‘rtasidagi «nizo» xavfi tufayli Tayvan masalasida ehtiyotkor bo‘lishga chaqirdi
09:53 / 14.05.2026
Tramp va Si Jinping Pekinda uchrashuv o‘tkazdi
17:51 / 13.05.2026