Tadbir Janubiy Koreyada istiqomat qilayotgan vatandoşlar, Özbekiston yoşlar umumjahon assotsiatsiyasining Koreya Respublikasidagi vakilligi (“WAYU Korea”) faollari, Özbekistonning koreyalik yoş döstlari va koreyalik talabalar iştirokida taşkil etildi.

Aksiyada 100 ga yaqin kişi iştirok etdi. Ular 6×12 metr ölçamdagi Özbekiston Respublikasi Davlat bayroğini yoyişdi.

Tadbir iştirokçilari Özbekiston va Janubiy Koreya davlat bayroqlarini birgalikda kötarib, ikki xalq örtasidagi mustahkam döstlik, özaro hurmat va yaqin hamkorlikning ramziy ifodasini namoyon etdi.

photo_2026-09-12_15-46-06
photo_2026-09-12_15-46-04

Aksiyadan közlangan asosiy maqsad – koreys jamoatçiligi va Seuldagi xorijiy mehmonlar eʼtiborini Özbekistonga jalb qiliş, ikki xalq örtasidagi samimiy munosabatlar va döstlik muhitini namoyon etiş, şuningdek, mamlakatlar örtasidagi munosabatlarni yanada rivojlantirişda yoşlarning örnini körsatişdan iborat.

Tadbir ötkazilgan Kvanxvamun maydoni Seul markazida joylaşgan bölib, poytaxt aholisi va xorijiy sayyohlar eng köp taşrif buyuradigan maskanlardan biri hisoblanadi. Maydondan ötayotgan koreyaliklar va sayyohlar aksiyani qiziqiş bilan kuzatdi, ulkan Özbekiston bayroğini suratga oldi. Ularning ayrimlari Kvanxvamun maydonida xorijiy davlatning bunday katta hajmdagi bayroği bilan ötkazilgan tadbirni ilk bor körayotganini taʼkidlaşdi.

photo_2026-09-12_15-46-06 (2)

Eslatib ötamiz, Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 14-16 sentabr kunlari Seulda bölişi kutilmoqda.