Odamlar baxtli yaşaydi. Ammo ularning oilasi yöq, bolalari tabiiy tuğilmaydi, sevgi esa jamiyat uçun keraksiz tuyğuga aylangan. Ular ota-ona degan tuşunçaning ustidan kulişadi. Eng qiziği, heç kim bundan norozi emas. Çunki bu dunyoda odamlar qanday yaşaşini özlari tanlamaydi. Oldos Xakslining «Ajib yangi dunyo» romani mana şunday jamiyat haqida hikoya qiladi. 5 daqiqaning navbatdagi sonida azal çegaralariga yaqinlaşmoqçi bölgan jamiyatning fojiasi haqida gaplaşamiz.
Romandagi kelajak jamiyat – «Dunyo davlati» deb ataladi. Bu yerda odamlar onadan tuğilmaydi. Bolalar maxsus laboratoriyalarda yetiştiriladi. Kimdir «alfa» tur sifatida rahbarlikka tayyorlanadi, kimdir oddiy mehnat qiladigan tabaqaga moslaştiriladi. Yaʼni odam avval tuğilib, keyin öz yölini topmaydi. Avval uning qanday odam bölişi kerakligi hal qilinadi, keyin öşa odam yaratiladi.
Qiziği, odamlar bunga qarşi emas. Çunki ularning ongi ham bolaligidanoq şakllantirib qöyilgan. Kim bölişni, nimani yaxşi körişni, nimadan qörqişni özlari tanlamaydi. Jamiyat ular uçun bu işni allaqaçon qilib qöygan.
Bu jamiyatda oila, ota-ona degan sözlar eski va hatto uyatli narsadek qabul qilinadi. Odamlar bir-biriga çuqur boğlanib qolmasligi kerak. Çunki kuçli muhabbat, sadoqat, raşk va ayriliq kabi tuyğular odamni izdan çiqarişi mumkin. Bu davlatga esa izdan çiqmaydigan odamlar kerak edi.
Agar kimdadir ozgina qayğu yoki şubha uyğonsa, davlat tomonidan bepul tarqatiladigan narkotik – «soma» deb nomlanuvçi dorini içadi va zudlik bilan soxta baxt olamiga qaytadi. Bu dunyoda kitob öqiş, diniy eʼtiqod yoki yolğiz qoliş taqiqlangan, çunki bular barqarorlikka tahdid soladi.
Bu jamiyat muammoni hal qilişdan köra, uni his qilmaslikni tanlagandi.
Romanda Bernard Marks degan qahramon bor. U ham Alfa avlod, lekin bu mukammal jamiyatda özini begona his qiladi. Atrofidagilar hamma narsadan mamnun, Bernard esa «nega» degan savolni berişdan töxtamaydi. Baʼzan bitta «nega»ning özi odamni butun tizimga begona qilib qöyişi mumkin.
Bu ğalati jamiyatga «yovvoyilar hududi»da katta bölgan Jon ismli yigitni olib kelişadi. Yovvoyilar jamiyati Dunyo davlatiga kirmasdi. U yerda odamlar hali ham tabiiy tuğiladi, qariydi, kasal böladi, öladi, sevadi, raşk qiladi, janjallaşadi va yiğlaydi.
Yovvoyi Jon Şekspirni öqib ösgan. Şuning uçun u muhabbatning ham, fojianing ham narxini biladi. U uçun inson hayoti faqat rohatdan iborat emas. Sevgi degani ham istagan paytingizda almaştirib qöyadigan köngiloçar narsa emas. Unda vafo, raşk, qurbonlik bor, hatto azob ham bor.
Bernard Jonni Dunyo davlatiga olib kelganida, hamma uni tomoşabop qiziq mavjudot sifatida qabul qiladi. Jon esa aksinça, ularning hayotidan hayratga tuşadi. U Leninani yaxşi körib qoladi, ammo Leninaning muhabbat haqidagi tuşunçasi bilan Jonning öylaganlari butunlay boşqa-boşqa narsalar edi.
Dunyo davlati insonni azobdan qutqarişga urinardi. Jon esa inson azobsiz inson bölib qololmasligini anglatmoqçi böladi.
Çunki qayğuni yöqotsangiz, şodlikning qadri ham özgaradi. Tanlaş imkoni bölmasa, töğri qarorning qadri qolmaydi.
Yozuvçiga köra, insonni boşqariş uçun uni doim ham qörqitiş şart emas. Unga yetarliça rohat bersangiz kifoya.
Biz hozirça «Ajib yangi dunyo»da yaşamayotgandirmiz. Lekin Xaksli tasvirlagan ayrim eşiklar allaqaçon oçilib bölgan. Texnologiya inson hayotiga tobora çuqur kiryapti. Tuğiliş, irsiyat, taşqi köriniş, qobiliyat va inson tanasi bilan boğliq imkoniyatlar haqidagi ilm kun sayin kengaymoqda. Ilmning özi yomon emas. Aksinça, ilm insonga berilgan ulkan neʼmat. Ammo imkoniyatning köpayişi azal çegaralarni buzib ötmasligi kerak
Çunki bir kuni inson “kasallikni yengamiz” degan yaxşi niyatdan “qanday inson tuğilişi kerakligini ham özimiz belgilaymiz” degan nuqtaga ötib ketişi mumkin. Allohning çegaralarini unutib qöyişi heç gap emas.
Agar siz bugun öz fikrlaringiz, tanlovlaringiz va tuyğularingiz haqiqatan ham özingizga tegişlimi yoki allaqaçon zamonaviy tizim tomonidan boşqarilyaptimi, degan savolga javob topmoqçi bölsangiz, uşbu kitobni bugunoq topib, töliq öqib çiqişingiz şart. Bu asar sizning dunyoqaraşingizni butunlay özgartirib yuboradi va sizni özingiz anglamagan holda tuşib qolgan ğaflat uyqusidan uyğotadi.
















